Xalq banki 14 foiz stavkada 225 mln. so`mgacha kreditlar ajratmoqda

24.10.2022 18:43

XALQ BANKI XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRIShDA KO`MAKChI

Bugungi kunda turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri sanaladi. Shu bois ko`plab davlatlar sohani rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida mamlakat infrastrukturasini jahon standartlari darajasida yaratish bo`yicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tarixiy obidalarga boy, o`ziga xos an`ana va madaniyatga, mo``tadil iqlimga ega mamlakatimizda ham so`nggi yillarda turizmni rivojlantirish va bu orqali qo`shimcha ish o`rinlarini yaratib, aholi daromadini ko`paytirishga, sohada etarli shart-sharoitlarni yo`lga qo`yishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 19 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan «Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi videoselektor yig`ilishida O`zbekistonning turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlari va ulardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan turizmni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalasiga ham alohida to`xtalib o`tildi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan ham «Xizmatlar sohasini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaror doirasida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslarga mehmonxona va xostellar faoliyatini tashkil etish uchun 22 mlrd. so`mdan ziyod imtiyozli kredit mablag`lari yo`naltirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qaroriga asosan 2022 yilda oilaviy mehmon uylari, xostellar, o`tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta`mirlash hamda jihozlash uchun jami 24 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 945 mln.so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`lari ajratildi.

Shuningdek, bugungi kunda «oilakredit.uz» platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan arizalar, loyihalarga hokim yordamchisi tavsiyanomasiga asosan belgilangan tartibda oilaviy mehmon uylari, xostellar, o`tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta`mirlash hamda jihozlash uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslar uchun 33 mln. so`mgacha, yuridik shaxslarga 225 mln. so`mgacha kreditlar ajratilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.10.2022 20:49
Сафсата оддий дехкон одамга шафтоли кокиям йук кредитни таниш билишлару уктувчиларга берилаябди