"Men nima deyman u qo`bizim nima deydi"

20.10.2022 09:37

Rost24 muxbiri vazirlikdagi o`rinlar qisqarishini so`radi, mutasaddilar esa gapni olib qochdi

Mas`ullarga «Adliya optimallashtirish evaziga 85 mlrd mablag` tejadi, xo`sh ta`lim tizimi ham optimallashtirilsa qancha mablag` tejalishi mumkin?», deb savol berilgan.

Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva ushbu savolga shunday javob berdi:

«Davlat xususiy sherikchilik va maktabgacha ta`lim tashkilotlarida talon tarojlikni oldini olish maqsadida nodavlat axborot tizimining shakllantirilganligi bitta misol tariqasida aytib o`tamiz 100 o`rinli maktabgacha ta`lim tashkiloti aslida u erga borayotgan bolalar soni 65-70 ta bo`lishi mumkin. Lekin ish jarayonida bundan oldingiz 2 yil davomida ular qog`oz shaklida davomat yurgizishgan va bunda ularda etmaydigan bolalarning «perepiska» holati bo`lgan. Bu holat oilaviy nodavlat tashkilotlarida ham bo`lib 25 ta bola bo`lsa 17 bola haqiqatdan borgan holatlar aniqlangan. Endi bunga byudjetdan ketadigan mablag`larni hisoblab ko`ring».

Xalq ta`limi vazirligi Ichki audit boshqarmasi boshlig`i Burxon Ahmedov ham ushbu savol javobiga qo`shimcha fikr bildirib o`tdi:

 

- «Optimizasiya deganda mablag`ni tejash tushuniladi. Agar biz xalq ta`limi tizimini hamma joyini bir ko`rib chiqadigan bo`lsak yildan yilga o`quvchi soni ko`paymoqda. Bu esa yana sinf, yana o`qituvchi kerak degani. Bu esa optimizasiya deganga to`g`ri kelmaydi».

Aslida Adliya xodimlarni qisqartirish orqali shuncha mablag` tejagan edi. Biz bergan savolda ham aynan tizimdagi xodimlar nazarda tutilgan edi. Ammo mas`ullar yo savolni tushunmadi, yoki gapni boshqa tomonga olib qochish orqali vaziyatdan qutulishga harakat qildi.

Eslatib o`tamiz, hozirda O`zbekistonda 25 vazirlik, ijro etuvchi hokimiyat tizimida 34 agentlik, 10 davlat qo`mitasi, 6 qo`mita, 15 inspeksiya, 6 markaz, 2 markaziy muassasa faoliyat olib bormoqda.

Videoda ko`ring:

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
20.10.2022 18:39
Aqlingiz joyidami? Har bir qisqartirilgan shaxs orqasida kuchli tanka borku
20.10.2022 15:28
Оптималлаштириш-маблағни тежаш дегани эмас. У қўлайлаштириш, кам ҳаражат қилган ҳолда купроқ фойда ёки даромадгаэришишнинг энг танланган варианти деганидир.