Ekologiya qo`mitasiga ko`ra, daraxt kesish 55 foizga qisqargan. Siz bunga ishonasizmi?

11.10.2022 17:57

Har kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali qaysidir viloyat yoki tumanda daraxt kesilish holatlariga duch kelyapmiz. Ammo rasmiylar avvalgi yillarga nisbatan daraxt kesish holatlari 55 foizga kamayganini iddao qilishmoqda. Bu haqda AOKA da kecha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Ekologik qo`mita raisining o`rinbosari Islombek Boqijonov xabar qildi.

 Rost24 muxbirining bu boradagi savoliga javob bergan qo`mita raisi o`rinbosarining aytishicha, "aynan daraxt kesilish holatlari yuzasidan ekologik qo`mitaning ichki saytida har kunlik statistika yuritiladi. Ushbu holatlarni oldini olish uchun ishonch telefonlari hamda murojaat botlari ishga tushgan. Aholi ham daraxt kesilish holatlariga befarq emas. Lekin avvalgi yillarga nisbatan bu yil daraxt kesilish holatlari 55 foizga kamaydi".

Qo`mita raisining o`rinbosari ishonch telefoni raqamini eslolmadi. Har kuni murojaat bo`lsayu, ishonch telefoni esda bo`lmasa, demak murojaatlar, statistikalarda ham yolg`on bormi?

Bugun Davlat ekologiya qo`mitasida bo`lib o`tgan yigilishda Davlat ekologiya qo`mitasi raisining o`rinbosari I.Boqijonovning ishdan olingani aytilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.10.2022 00:49
Мен ишонаман. Чунки кесадиган дарахтни узи колмаган.