Imtiyozli kredit kerakmi, marhamat — Xalq bankida imtiyozli kreditlar ochilmoqda

04.10.2022 15:06

Bilimni harakatga keltirish mablag`, mablag`ni maqsadli sarflash esa daromad demak. Ikkisi — ayro tushuncha. Ammo shunisi aniqki, harakatga asoslanmagan bilim va maqsadli sarflanmagan mablag` inqiroz bilan yuzlashishi — aksioma. 

Shu bois, yurtimizda aholining ilm-fan bilan baqamti bo`lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi hamda bu orqali oilaviy farovonligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu borada qator yangiliklar amaliyotga tatbiq etilyapti.

«Oilakredit.uz» loyihasi — shulardan biri. Mazkur loyiha aholi bandligini ta`minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirishga qaratilgan bo`lib, u orqali biznes faoliyatini yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan fuqarolar ortiqcha hujjatbozlik va yugur-yugurlarsiz elektronlashtirilgan tartibda imtiyozli kredit olishlari mumkin. Muhimi, jarayonlarning barchasi sodda: barcha hujjatlar elektron tizimda harakatlanadi. Tanish-bilishchilik va korrupsiyaga esa mutlaqo o`rin yo`q!

Loyiha qanday ishlaydi?

«Oilakredit.uz» onlayn platformasi orqali kredit olish uchun onlayn ariza yuborish kifoya. Faqat shaxsiy ma`lumotlarni kiritishda e`tiborliroq bo`lmoq kerak. Yuborilgan arizalarning barchasi elektron ko`rinishda masofadan imzolanib, skoring baholash natijalariga ko`ra, yagona elektron platformada barcha hujjatlar shakllantirilib, kredit mablag`i ajratiladi.

Ushbu platformada imtiyozli kredit olish jarayonlari 6 bosqichdan iborat:

Platforma kredit to`lovlarini elektron tartibda hisoblaydi. Shundan so`ng sms orqali tasdiqlanuvchi xabar keladi. Ushbu tasdiqlashni amalga oshirmaguncha saytdan chiqib ketmaslik zarur. Aks holda ariza yuborilmaydi.

Imtiyozli kredit kimlar uchun ajratiladi?

Imtiyozli kreditlar aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” va yana ikkita moliya muassasasi tomonidan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga qonunchilik bilan taqiqlanmagan sohalar uchun beriladi. Shuningdek, kreditlar yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslarga 33 mln. so`mgacha, kichik tadbirkorlik sub`ektlariga 225 mln so`mgacha, tadbirkorlik sub`ektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln. so`mdan ortiq miqdorda ajratiladi.

Imtiyozli kredit ajratiladigan sohalar quyidagilardir:

- oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug`ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlariga — 3 oydan 6 oygacha bo`lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

- chorvachilik (qoramol, qo`y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo`nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

- bog`dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo`jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

- «Hunarmand» uyushmasi a`zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag`larini to`ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Eng muhimi, ajratiladigan kreditlarning yo`nalishi bo`yicha ishlab chiqilgan biznes-rejalar bilan «Oilakredit.uz» platformasi orqali yaqindan tanishish imkoni mavjud.

Ma`lumot uchun: 2022 yil boshidan hozirga qadar aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan «Oilakredit.uz» platformasi orqali 2500 dan ortiq fuqaroga qariyb 60 milliard so`mlik imtiyozli kredit mablag`lari ajratildi. Natijada shuncha yurtdoshlarimizning doimiy bandligi ta`minlandi.

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
36
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.11.2022 19:43
Meни кора молларга жойим зу'р факат киридит ололмаяпман 998073662 ёрдам берилар
04.10.2022 20:38
Нах пулда берадими