Gulnora Karimovaning korrupsion sheriklari hamon ishlab kelyaptimi? Ular qachon javobgarlikka tortiladi?

01.10.2022 13:55

Gulnora Karimovaning korrupsion ishlarida o`sha vaqtda va hozirda ham ishlab kelayotgan hukumat vakillarining qo`li bo`lmasligi mumkinmi? Rost24.uz sayti sobiq «qirolicha»ning hamon lavozimda bo`lgan, hukumatdagi sheriklari bo`yicha uchchala hokimiyat vakillarini so`roq qilishda davom etadi.

Karimovaning O`zbekistonga qaytarilishi qiyin kechayotgan katta miqdordagi pullarini yolg`iz o`zi o`marganiga ishonish qiyin. Vakolatli hukumat vakillarining yordamisiz bu qadar yirik mablag`ni o`zlashtirish va xorijga olib chiqish mumkin emas. Shu sababli, rost24.uz nashri Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi Narimon Umarovni so`roqqa tortdi. Korrupsiyaga qarshi kurashilayotgan bir vaqtda millionlab AQSh dollarini o`zlashtirib xorijga olib chiqqan Gulnora Karimovaning sheriklarini izlamaslik to`g`rimi? Gulnora Karimova yirik korrupsion jinoyatlarini hukumatning vakolatli shaxslarisiz amalga oshirishi imkonsiz edi.

Mazkur savollarimizga tegishli organ vakili Narimon Umarov befarqlik bilan javob qaytardi. Umarovga ko`ra, hozirda Gulnora Karimovaning pullarini O`zbekistonga qaytarish muhim. «Bu xalqning puli», deydi amaldor. Shunday ekan, xalqning puli o`zlashtirilishida ishtirok etgan boshqa jinoyatchilarning hamon vakolatli lavozimda o`tirishi qanchalar to`g`ri. Biroq, Umarov Senatning korrupsiyaga qarshi kurash qo`mitasi raisi bo`lishiga qaramasdan Gulnora Karimovaning sheriklarini izlash bo`yicha ishlar qanchalik amalga oshirilayotganidan bexabarligini aytmoqda. Umarov Gulnora Karimovaning nodavlat notijorat tashkiloti orqali faoliyat yuritganini pesh qilmoqda. «Davlat tashkilotlari pullarni xorijga olib chiqib ketish vakolatiga ega emas», deydi u. Shuningdek, Narimon Umarov bugungi hukumat vakillarini Gulnoraga sheriklikda ayblashda qonunchilikda «aybsizlik prizumsiyasi» borligini ham eslatib o`tish joiz dedi.

O`zbekiston birinchi prezidentining to`ng`ich qizi Gulnora Karimova ayni damda korrupsion jinoyatlari uchun panjara ostida umrini o`tkazmoqda. U o`margan mablag`lar 10 dan ortiq davlatlarda ko`chmas mulk ko`rinishida ham saqlanmoqda. O`z vaqtida Gulnora Karimovaning noqonuniy tarzda yiqqan mablag`ini to`lig`icha O`zbekistonga qaytarish ishlari hamon yakuniga etmadi. Sobiq «qirolichaning» o`margan mablag`lari shu qadar ko`pki ularni qaytarish ham oson kechayotgani yo`q. Rost24.uz sayti sobiq «qirolicha»ning hamon lavozimda bo`lgan, hukumatdagi sheriklari bo`yicha uchchala hokimiyat vakillarini so`roq qilishda davom etadi.

Eslatib o`tamiz, Adliya vazirligi vakilining so`nggi xabarlariga ko`ra Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi 131 mln dollarga yaqin mablag`i qaytariladi va ijtimoiy sohaga yo`naltiriladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.10.2022 23:08
Одамидан сурабсизда узиям.
02.10.2022 02:20
Балки Умаров жанобларини узлари хам шерикдир?
01.10.2022 23:24
Муалиф томонидан ушбу ёритилган мавзу накадар долзарблиги билан, канчалик хавотирлигини хам назардан кочирмаган холда - муалифга сабр токат тилаб коламан.
01.10.2022 22:38
Qarga qargani kozini choqimaydi.
01.10.2022 21:11
Қозоқистон биринчи президенти Нурсултон Назарбоев мисолида кўриш мумкинки, бутун оиласию, таниш билишларию коррупция йўли билан давлат хазинасини талон тарож қилишган, хаммаси энди ошкор бўлди, президент Тўқаев бунга бош бўлиб халқ пулини қайтаришга харакат қилмоқда! Бундан бошқа МДХ давлатлари рахбарлари ўрнак олса арзийди, лекин улар коррупция билан курашишга жиддий эътибор бермаяптилар, чунки ўзлари халол бойлик орттирган эмаслар, ўзларидан қўрқадилар!