O`zbekiston jurnalistlari va blogerlari, faol jamoatchilik e`tirofi asosida o`tkaziladigan an`anaviy “YIL TANLOVI — 2022” e`lon qilinadi.
Vazirlar, hokimlar, rahbarlar faoliyati o`zbek milliy mediasi vakillari tomonidan baholanadi. Amaldorlar reyting darajasini bu gal OAV xodimlari belgilab beradi.
2022 yilda qaysi vazir qanday ishladi? Qaysi viloyat va tuman hokimlari faoliyatidan jamoatchilik rozi bo`ldi? Matbuot kotiblari faoliyati qoniqarlimi? O`zbekistonda media lideri deb kim e`tirof etilishga arziydi?
Ochiq va shaffof tanlovda barchasi oydinlashadi. Sarhisob davri yaqinlashmoqda.
O`zbekistonda "YIL TANLOVI" nufuzi yildan yilga oshib bormoqda. Tanlov qamrovi nafaqat O`zbekiston, balki xorij media vakillari e`tiboriga ham tushgan. Bu gal O`zbekiston jamiyatini kuzatib borayotgan chet el OAV taniqli jurnalistlari ham tanlovda qatnashadi va ovoz beradi.
Tanlov loyiha mualliflari bo`lgan rost24.uz axborot portali jamoasi tomonidan tashkil etiladi.
“YIL TANLOVI — 2022”da qatnashish, taqdirlash marosimini munosib o`tkazishga hissa qo`shish istagida bo`lganlarni hamkorlikka taklif etamiz.
Murojaat va hamkorlik takliflari uchun: @rost24_uz_bot ga yozing yoki (+99833) 939-00-82 ga qo`ng`iroq qiling.