Ma`naviyat tadqiqot markazi: Rossiya propagandasi emas, Rost24 aybdor

30.09.2022 10:30

Ma`naviyat va ma`rifat targ`iboti uchun 30 yil davomida milliardlab mablag`lar sarflanib kelinadi. Milliy g`urur, istiqlol g`oyasi kabilar darsliklarga kiritilgan, fan sifatida o`qitiladi, butun boshli telekanallar uning targ`iboti uchun safarbar etilgan. Ijtimoiy- ma`naviy tadqiqotlar instituti direktori esa, o`zbekistonliklar fikr qaramligidan to`liq xalos bo`lmaganini aytmoqda.

«Biz hali tafakkur qulligidan, fikr qaramligidan to`laqonli xalos bo`lganimiz yo`q», deydi Ijtimoiy-ma`naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov.

Rost24.uz sayti «Rus propaganda mashinasi natija beryapti. O`zbekistonliklar kim tomonda?» nomli maqola yuzasidan Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma`naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatovni suhbatga tortdi. Ma`naviyat targ`iboti uchun milliardlab mablag`lar sarflanganiga qaramay nima uchun odamlar siyosiy qarashida hamon rossiyaparastlik sezilmoqda? Bu masala bo`yicha tadqiqot markazi direktori Olimjon Davlatovning fikrlari bilan qiziqdik.

Olimjon Davlatovning aytishicha, odamlarning sovet ittifoqini qo`msashi, katta davlatlarga nisbatan mahliyoligi bor narsa. Ammo, shunga qaramay aksariyat odamlar Rossiya tarafini olishida "Rost24" tahririyatining ham aybi bor. Ya`ni «savol noto`g`ri qo`yilgan», deydi markaz direktori. 

Shuningdek, odamlarning aksari Rossiya taraf bo`lishini Olimjon Davlatov fikrlar xilma-xilligi, plyuralizm sifatida qabul qilishimiz kerakligini bildirdi. U odamlarda siyosiy ong, tafakkur o`sganidan xursand ekanligini ham aytib o`tdi. Ammo, suhbat asnosida u bir vaqtning o`zida o`zbekistonliklar mustamlaka davlatga bo`lgan moyillik va fikriy qaramlikdan ham xalos bo`lmaganlarini aytgan. Uning fikricha siyosiy mustaqillik, so`ng iqtisodiy va oxiri odamlar ongidagi fikr mustaqilligiga erishiladi. Olimjon Davlatov yillar davomida ma`naviyat targ`ibotiga sovurilgan milliardlar haqida gapirganda, u bu soha 40 yildan keyingina natija berishini eslatdi.

Videoda ko`ring:

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.10.2022 03:53
Савол тўппа тўғри қўйилган! Одамларнинг Россия тарафида бўлишига бизнинг 3-4 млн. ватандошмизни иш билан таъминлаётганида! Нима учун 31 йилдан бери Ўзбекистон рахбарияти ўз халқини иш билан таъминлай олмаяпти, чунки бу билан жиддий шуғулланмаяпти! Уларга 3-4 млн мусофирларни Ўзбекистонга жўнатаётган валюталари жуда хам керак, иқтисод шу жўнатмалар хисобига амал тақал таназзулга учрамай турибди. Шундан келиб чиқиб урушга бўлган расмий муносабат хам шакллантирилган.
30.09.2022 19:00
Анора Содиқова "Коррупцияга қарши курашга ҳисса қўшаётган энг фаол журналист" деб эътироф этилди - Mana shuning jazo
30.09.2022 16:29
Arpa un bahona bo`libdi