Rus propaganda mashinasi natija beryapti! O`zbekistonliklar kim tomonda?

28.09.2022 13:12

Qariyb 9 oydan buyon urush davom etmoqda. Kuni kecha Donesk, Lugansk Xalq Respublikalari va Xerson, Zaporoje viloyatlaridagi referendum natijalari e`lon qilindi. Natijalar Rossiya kutganidek. Zero, urush qurollari ishga tushishidan oldin harakatga kelgan propaganda mashinasi ta`siridagi hududdan bundan boshqacha natijani kutish ham mumkin emasdi. 

Saylov byulletenlarining 100 foizi ko`rib chiqilgach, Rossiya tarkibiga qo`shilish uchun ovoz berganlar Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojeda — 93,11%, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42% ni tashkil etgani ma`lum bo`ldi. Bu natijalar Ukraina-Rossiya o`rtasidagi ziddiyatni yanada qaltislashuviga olib kelmoqda. 

Rost24.uz ayni mavzu fonida kichik so`rovnoma o`tkazdi. 

O`zbekistonliklar Rossiya tarafdami yoki Ukraina?

Muxbirlarimiz tomonidan yuzga yaqin fuqarodan fikr olindi. Aksariyat respondentlar bu urushda Rossiya tomonida ekanligini aytishgan. Chunki:

— Rossiyada bizning xalqimiz ishlayapti, ancha borib ishlashga (pul topishga) yaxshi.

— Rossiya baribir Rossiya. Biz Rossiya davri odamlarimiz.

— SSSR tomondamanda! Yoshligimdan eshitib kelganman, oldin birga bo`lishgan, bizga yordam bergan.

— Rossiyada harbiy xizmatda bo`lganmiz.

— Ukraina kichkina bir davlat bo`lsa, Amerika uni «gich-gichlab» yotibdi. Buni hamma bilib turibdiku! Bechora oddiy xalq qiynalib ketdi. Odamlar bekordan bekor o`lib ketyapti. Bu Rossiyaga ham alam qilmaydimi, o`zining rusini o`zi o`ldiryapti?!

— Men Putin tomonidaman. Uning siyosatini to`g`ri deb bilaman.

— Bizning xalqimiz ko`proq Rossiyada bo`lsa kerak, shuning uchun men u tomonidaman.

— Men Rossiyaning davrida katta bo`ldim. Nimaga Ukrainaning yonini olishim kerak?! Men u erda xizmat qilganman, ular qanday muomalada bo`lishini juda yaxshi bilaman.

So`rovnoma davomida betaraflar, oz sonli bo`lsada Ukraina tomonida bo`lganlar ham bo`ldi.

Ular tinchlik bo`lishini, o`zaro kelishuv bilan urushga chek qo`yilishi, bekordan bekorga ikki davlatning ham odamlarni qurbon bo`layotganini aytishdi.

Batafsil videoda tomosha qiling!

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.09.2022 16:48
ЖУДА КЎП ГАПИРВОРЯПСАНДА СЕН БОЛА, БУТУН МИЛЛАТНИ МАЖРУХГА ЧИҚАРИБ... АҚЛАН ИНВАЛИДСАНКИ ОҒЗИНГГА КЕЛГАНИНИ ГАПИРАСАН..СЕНЛАР <ДЕМОКРАТИК> ДЕБ АТАЁТГАН ДАВЛАТДА ЯШАЯПМИЗ. ИНСОННИ МУСТАҚИЛ ФИКРИ УЧУН МАЖРУХ ДЕЙИШ .ИХТИЁР МЕНДА БЎЛГАНДА СЕН ВА БОШҚА БАРЧА ПАРТИЯЛАРУ ДЕПУТАТЛАРНИ УКРАИНА ТОМОНГА ЁРДАМГА ЖЎНАТАРДИМ ВА СРАЗУ РОССИЯ ВКС ГА КООРДИНАТЛАРИНГНИ БЕРВОРАРДИМ..
29.09.2022 03:50
Аллохим дунёни урушлардан узинг куткаргин! Хар кандай уруш жанжаллар одамларга фойда олиб келмаган. Юртимизда тинчлик булишини аллохимдан сураб коламиз!
29.09.2022 00:33
Апбатда Ўзбекистон Россия тамонида
28.09.2022 23:26
Qisqasi o'siroq chollar Rossiya tomon ekan. Yoshlar esa tinchlik tomonda. Eski kommunistlar tugamaguncha shu ahvol bo'ladi
28.09.2022 22:57
Украина америка малайи
28.09.2022 20:43
Menga mikrofonni beringlar fikrimni aytayin