Bugun Toshkentning Hyatt regency Tashkent mehmonxonasida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “II Toshkent Aksilkorrursiya forumi” bo`lib o`tmoqda.
Forum BMT, EXHT, Jahon Banki va “Mintaqaviy muloqot” XNT ko`magida tashkil etilgan. Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov, BMTning O`zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana, EXHT iqtisodiyot va ekologiya faoliyati koordinatori Elchi Igli Xasani va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
Forumda Senat raisi Tanzila Norboeva korrupsiya haqida nutq so`zlayotganda ikki bora chiroq o`chib qoldi. Bundan bir yil avval Senat raisi Tanzila Norboeva elektr o`chishi holatlari 5 yil avvalgi tarixda qolganini aytgan edi. Bugun Toshkentning qoq markazida Hyatt regency Tashkent mexmonxonasida o`tayotgan II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi davomida Tanzila Norboevaning nutqi ikki bora elektr uzilishi tufayli bo`lingan.
5 yil avvalgi tarix Norboevadan o`ch olayaptimi?..
Forum tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz. Kuzatib boring.