“Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling!

22.09.2022 01:26

Respublikada yagona “Tadbirkorlar maktabi” o`quv markazida o`tgan sakkiz oy davomida 260 dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega bo`ldi.   

Xo`sh, markaz nima maqsadda va kimlarga uchun tashkil etilgan?!

O`quv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg`or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Shuningdek, markaz faoliyati bo`lajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilg`or va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Tadbirkorlar maktabi”da qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o`z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o`z malaka va ko`nikmalarini oshirib kelmoqda. 

Markazda o`quv jarayonlari qanday tashkil qilingan?

Markazda 10 dan ortiq oliy ta`lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o`zaro hamkorlik o`rnatilgan. 

Mashg`ulotlar zamonaviy o`quv dasturlari va yangi ta`lim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:

– Devorbop qurilish materiallari;

– fasadlar uchun pardozlash qurilish materiallari;

– qoplamalar va pol qoplamalari;

– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari;

– sement ishlab chiqarish.

72 soatga mo`ljallangan kurslar chuqur malaka va ko`nikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan o`tkaziladi.

Bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultativ yordam ham ko`rsatiladi.

Buning uchun o`quv markazi zarur ta`lim vositalari va o`quv qurollari bilan ta`minlangan, adabiyotlar fondi etarli darajada shakllantirilgan.

Ta`lim olish va loyihalarni qo`llab-quvvatlash – mutloqo BEPUL.

Viloyatlardagi xohlovchilar uchun online tarzda bilim olish imkoni mavjud.

Qayd etish joiz, “Tadbirkorlar maktabi” O`zsanoatqurilishbank va “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “O`zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko`chasi 68-a uy. “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.

Kursga arizani onlayn yoki +998 71 2549201 raqami (9:00dan 17:00gacha) orqali qoldirish mumkin.

 

Bank Axborot xizmati

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар