rost24.uz hukumatdan jurnalistlarni norasmiy tahqirlanishiga barham berishni so`raydi

22.09.2022 11:15

Yoki O`zbekistonda davlat trollar oldida ojizmi?

Davlat boshqaruvida demokratik yo`lni tanlagan hukumat jurnalistlarning surunkali taxqirlanishiga tomoshabin bo`lib qarab turmasligi lozim.
So`nggi yillarda O`zbekistonda ommaviy axborot xizmatlari erkinlashgani kuzatildi. Shu bilan bir vaqtda hukumat vakillari va amaldorlarni tanqid qilgan jurnalistni ijtimoiy tarmoqlar orqali maxsus uyushtirib, sharmanda qilish holatlari ham ko`payib bormoqda.

Yuqori darajali amaldorlarga tosh otgan jurnalist haqida kun o`tmay turli bo`htonu tuhmatlar paydo bo`lishi tabbiy holga aylangan. Yaqinda Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning qudasiga tegishli deya aytilayotgan tadbirkorlik ob`ektini tanqid qilgan Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov ham internetda trollar «hujumi»ga uchradi. 

Trollar erkak jurnalistni “gey”, deb haqoratlaydi yoki ko`pxotinlikda, xiyonatda ayblaydi.  Shuningdek, tuhmat tarqatgan taraf tez orada “dahshat” fotolarni ommaga ulashishini ham ogohlantirib qo`yadi. Ta`qibning bu turi so`nggi vaqtda faqatgina amaldorlarni tanqid qilgan ularni biznes imperiyasi tafsilotlarini ochiqlagan jurnalistlarga nisbatan qo`llanilmoqda.

Barcha holatlarda, afsuski, ularni amalga oshirganlar Ichki ishlar tizimi tomonidan aniqlangan va topilgan emas. Shuningdek, mana shunday bo`htonli chiqishlarga nisbatan na Akmal Saidov boshchiligidagi inson huquqlari markazi va na adliya vazirligi yoki boshqa biror uyushma, tashkilotlar tomonidan munosabat bildirilmagan.

Jamiyat erkinligini ta`minlovchi jurnalistlar osonlikcha trollar armiyasi bilan “sharmanda” qilinmoqda va bunga hukumat ko`z yumib kelayapti. Go`yoki hukumat ham trollarga qarshilik bildirmay ularni amalda qo`llayotgandek ko`rinmoqda.

Ko`pincha rasmiylar jurnalistlarni himoya qilishini, ularni ortida “men” borman, deb turishini aytadi, ammo mana shunday bo`htonlar qarshisida esa jurnalistlar doim yolg`iz qolaveradi.

Sonda bor, sifatda yo`q ayrim uyushma rahbarlari esa og`zini ko`pirtirib o`zbek jurnalistlari ichki senzuradan qutila olmayotganini bot-bot takrorlaydi. Huddiki, jurnalistlarga uyushtirilgan ana shunday bo`hton va taqiblardan bexabardek.

Jamiyatni demokratlashuvini ta`minlovchi jurnalistlarga bo`lgan hujumlarga aslida xavfsizligimizni ta`minlashi kerak bo`lgan ayrim xizmat organlari ham befarqdek ko`rinadi. Negaki, shu vaqtgacha jurnalilistlarni ochiqchasiga taqib qilgan bironta akkaunt egasi ochiqlanmadi va topilmadi. Bu holat davlatimiz axborot texnologiyalari bo`yicha qidiruvlarda ojiz ekanligini anglatadimi?

Ammo bir vaqtning o`zida, aksincha hukumat vakillariga nisbatan tarmoqlarda aytilgan haqoratlarning tez orada egasi topilmoqda va jazolanmoqda. Biroq, jurnalistlarning sha`nini himoya qilishga kelganda negadir davlatning mustahkam metin organlari ojizlik qilmoqda yoki biz bilmagan boshqa sabablar bormi?..

Demokratik prinsiplarni qadrlashini bildirayotgan davlat, biz endi ortga qaytmaymiz deydigan rasmiylar o`z manfaati to`qnashmagan joyda onlayn bullinga nisbatan qarshi chora ko`rayotgani yo`q.

Bu masala mana bir necha yildirki, O`zbekiston jamiyatidagi og`riqli masalalardan bo`lib qolayapti. Kechagina jurnalist Elmurod Ermatovga uyushtirilgan trolling ortidan rost24.uz jurnalistlari yana hukumatdan jurnalistlarga qo`llanilayotgan norasmiy tahqirlashga barham berishni so`raydi. Davlat boshqaruvida demokratik yo`lni tanlagan hukumat jurnalistlarning surunkali tahqirlanishiga tomoshabin bo`lib qarab turmasligi lozim.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
36
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.10.2022 16:06
Шикоят хатида «тушунтириш» ёзиб берганимдан кейин вазият яна аввалги холатга кайтариб куйилди, деб норозилик билдирилса, жавобни каранг «уз кули билан эътироз йук» деб ёзиб берган. Такрорлайман, «тушунтириш» ёзиб берганимдан !!!!КЕЙИН!!!! холат аввалгисига кайтариб куйилди. Шикоят хатини мазмун-мохиятини тушуниш шунчалик кийинлик килса, аклсизликка карши курашни бошлаш к-к. Юкоридагилар хам солиштириб курмас эканда-а шикоят б-н унга жавобни?
04.10.2022 23:38
Шу уринда мурожаатчиларни хукуклари хам кафолатланишини сурамокчиман. Шахсан мени Вазирликка ёзганим Кашкадарё 1-сон Асаб-рухий касалликлар диспансери (ёки бошкарма) томонидан розилигимсиз бошкага берилмокда. Хатто кариндош булса хам, Конунга кура хар ким алохида шахс макомига эга ва мен ёзишмаларим таркалиб кетишига каршиман. Аклий мехнат б-н шугулланаман, тушунаман. Ким кафолат бера олади ёзувларимни у хаммага курсатиб чикмаслигига? Шу конунийми? Адлия бошкармаси уларга конунни тушунтирса яхши буларди. Умуман, мени ёзувларимни таркалиб кетишини исташса керак деб, мана узим купчилик укийдиган манбада ёздим. Хаммасига исбот тайёр!
29.09.2022 19:03
Ростни ёзгувчилар бор экан, хакикат барибир карор топади. Тухматлар янчилади.
29.09.2022 19:01
Шу уринда мурожаатчиларни хукуклари хам кафолатланишини сурамокчиман. Шахсан мени ёзганларим Кашкадарё 1-сон Асаб-рухий касалликлар диспансери (ёки бошкарма) томонидан мани розилигимсиз бошкага берилмокда. Хатто кариндош булса хам, Конунга кура хар ким алохида шахс макомига эга ва мен ёзишмаларим таркалиб кетишига каршиман. Айникса, оиладаги ички ахвол юзасидан. Ким кафолат бера олади мени ёзувларимни у хаммага курсатиб чикмаслигига? Шу конунийми? Адлия бошкармаси уларга конунни тушунтирса яхши буларди. Умуман, мени ёзувларимни купчиликка таркилиб кетишини исташса керак деб, мана узим купчилик укийдиган манбада ёздим. Хаммасига исбот тайёр!
23.09.2022 15:34
Троллардан троллар химоя килмайди, троллардан жамоатчилик, яьни, халк химоя кила олади.
23.09.2022 14:19
Abdulla Qodiriy: Qabristonda "Hayu alassalot" hayqirig`ini kim eshitadi?