ATB «Qishloq qurilish bank»da «Online» muddatli omonatiga mablag`lar qabul qilish davom etmoqda. Ushbu omonat turiga mablag` qo`yish bilan, kelajak uchun foydali va ishonchli sarmoya yaratish imkoniga ega bo`lasiz. Zero u sizga mablag`laringizni qisqa muddatda sezilarli ko`paytirish imkonini beradi. Shuningdek siz, istalgan vaqtda va istalgan joyda pul mablag`laringizni omonatga joylashtirishingiz mumkin.
Ushbu omonat turida quyidagi qulayliklar mavjud. Xususan, omonat ochilgan kundan boshlab, hisoblangan foizlar oyma-oy to`lab boriladi. Tabiiyki, pullaringiz xavfsizlikda saqlanadi.
Omonatga mablag`lar 6 oyga yillik 21 foiz stavkada qabul qilinmoqda. Eslatib o`tish joiz, omonatning eng kam miqdori 1 000 000 so`m va kelgusida qo`shimcha kiritish imkoniyati mavjud emas.
Onlayn-omonatini ochish uchun Smartfoningizga Pley marketdan ATB «Qishloq qurilish bank»ning «QUANT» mobil ilovasini yuklab olib, raqamli identifikasiyalash tizimidan o`tasiz. Buning uchun bank kartasiga ega bo`lishingiz talab etiladi. Sizni qiziqtirgan omonatlar bo`limini topib, mablag`laringizni jo`natsangiz kifoya.
Onlayn-omonatlarga, oddiy omonatlarga foizlar hisoblangandek hisoblanadi hamda pul elektron hamyonga o`tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun depozit kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin. Bir necha daqiqa ichida mablag`laringiz jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish bo`limida rasmiylashtiriladi. Omonatning shartlariga ko`ra, har kim o`zi uchun eng mos tanlovni amalga oshirishi mumkin. Onlayn-omonatlar ishonchli va xavfsizdir.
Eslatib o`tamiz, omonatning har qanday turi, miqdori va valyutasidan qat`iy nazar, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlanadi.
Onlayn-omonatlar va mobil ilovalardan foydalanish bilan bog`liq muammolar yuzaga kelganda, ATB «Qishloq qurilish bank»ning rasmiy veb saytida ko`rsatilgan raqamlar orqali mutaxassislarimiz bilan bog`lanishingiz mumkin.
«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida.
Murojaat uchun:
Telefonlar: +998 78 150 00 55
Qisqa raqam: 1254
Elektron pochta: headoffice@qqb.uz
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: @QQBANK
Facebook: http://fb.com/official.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida