1995 yildan 2016 yilgacha «O`zbekiston Qahramoni» mukofotini olganlar 95 nafarni tashkil qiladi. Shulardan ayol qahramonlar 15 nafar.
Birinchi «O`zbekiston Qahramoni» unvoni birinchi Prezident Islom Karimovga berilgan. O`zbekistonning Oliy mukofoti eng ko`p 1999 yilda 9 kishiga berilgan.
Shavkat Mirziyoev prezidentlik davrida faqat 2019 yildagina uch nafar shaxs (Musa Erniyazov, Lola Murotova va Xasan Normurodov)ga ushbu oliy mukofot nasib etgan.
2017, 2018 va 2020 yilda "O`zbekiston Qahramoni" hech kimga berilmadi. 2020 yilda berilganda shifokorlar olishi mumkin edi. Ammo...
Mukofotga loyiq topilgan sohalar vakillari:
Qishloq xo`jaligi xodimlari– 27 nafar
Konchilik– 9 nafar
Texnik xodim– 11 nafar
O`qituvchi– 10 nafar
Shifokor– 7 nafar
Temir yo`l xodimlari– 6 nafar
Hunarmand– 5 nafar
Yozuvchi– 3 nafar
Shoir– 3 nafar
Tarbiyachi– 1 nafar
Aktyor– 1 nafar
Olim– 1 nafar
Siyosatchi– 1 nafar
Hokim– 2 nafar
Eslatma: «O`zbekiston Qahramoni» — O`zbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994 yil 5 mayda ta`sis etilgan. O`zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko`rsatish bilan bog`liq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.