Vazir o`rinbosari xorijda dam olib qaytdi. Bu uning shaxsiy ishmi?

04.01.2021 10:54

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlanganiga uch oy bo`lmasdan amaldor Shahlo Turdiqulovaning 10 kunga dam olish uchun xorijga ketgani katta munozaralarga sabab bo`ldi.

Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari Shahlo Turdiqulova oilasi bilan Misrning Sharm-al-Shayx shahrida dam olayotgani ijtimoiy tarmoqlarda ochiqlangan edi.

Innovasion rivojlanish vazirligining rost24.uz saytiga ma`lum qilishicha, vazirining o`rinbosari O`zbekistonga qaytib kelgan. Hozirda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, vazirlik vakili "Shahlo Turdiqulovaning qaerda, qanday dam olishi uning shaxsiy ishi hisoblanishi, davlat xizmatchilarining xorijda dam olishi qonunchilikda taqiqlanmagani"ni qo`shimcha qildi.

Shahlo Turdiqulova genetika bo`yicha olib borgan tadqiqotlari tufayli 2018 yilning “Olima ayoli” unvoniga sazovor bo`lgan edi.

Ayni damda O`zbekistonda amaldorlarning xorijda dam olishi, davolanishi hamda xorijiy bankda pul saqlashi taqiqlanmagan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bu borada qonunchilikka o`zgartirishlar kiritishni va`da bergan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.01.2021 23:28
Амалдорларга ҳамма нарса мумкин сўкинмаса бўлди
04.01.2021 18:51
Акл-идрок ва мехнат билан эришган натижалари чёт элда дам олишига имкон берса буни факат олкишланг. Хадеб кавлаб ёшларни илмдан совутманг.
04.01.2021 17:13
Коррупцияга қарши кураш агентлиги бу борада қонунчиликка ўзгартиришни киритиш бўйича ваъдасини бажарса, нафақат яхши бўларди, балки бу жуда керак. Зеро, юқоридагига ўхшаб рахбарлик лавозимига эга бўлганига уч ой ўтмасдан аҳолининг ғашини келтирадиган ишлар бўлмасди. (яна намойикорона!!!)Биламиз шахсий иши, лекин янги иш жойига ўтгач, таътил қонунга мувофиқ качон берилишини хам яхши билади кўпчилик.
04.01.2021 16:58
Halol puliga dam olsa qaddinu ursin
04.01.2021 16:35
10 кунга кетган пулизни давлатни ривожоантиришга ишлатса булардии