Shanhay hamkorlik tashkilotining Xotin-qizlar forumida gender tenglik, tadbirkor ayollar muammolari, muvaffaqiyat sirlari, raqamli iqtisodiyotda ayollarning roli, oilaviy zo`ravonlik kabi qator muammolar muhokama qilindi.
Forumning Xitoylik qatnashchisi Yueyo Yueyo xonim Xitoyda 1991 yildan boshlab ayollarning tadbirkorlikdagi roli, davlat siyosatidagi o`rnini oshirish uchun jiddiy harakatlar amalga oshirilganini ta`kidladi. Uning aytishicha, ayni damda Xitoy tadbirkorlarining 25 foizini ayollar tashkil etar ekan. O`zbekistonda bu ko`rsatkich esa 39 foizni tashkil etmoqda. Respublikada band bo`lgan aholi vakillaring 45 foizini ayollar tashkil etmoqda.
“Pokistonlik ayollar milliy an`analarni saqlab qolgan holda siyosiy kareralarini davom ettirishga harakat qilishadi, bu esa oson emas”, deydi pokistonlik rasmiy Nilufar Baxtiyor.
Qozog`istonlik rasmiy yaqinda bu davlatda ayollarga oilada zo`ravonlikning oldini olish uchun qonun ishlab chiqilganini bildirdi.
Rasmiylar o`z davlatlaridagi gender tenglik siyosati uchun amalga oshirilayotgan ishlar borasida hisobot berdi. Forum davomida tadbirkor ayollar uchun B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi.