“Hukumat tepasida o`tirgan amaldor eng quyidagi zaif qatlamni unutmasagina biz dunyoni qutqara olamiz”

19.08.2022 12:41

Toshkentda bo`lib o`tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti ayollar forumi davomida Pokiston vakili Nilufar Baxtiyor ham so`zga chiqib, ko`pchilikni e`tiborini ayollar duch kelayotgan kundalik muammolarga qaratdi.

 «Men Pokistonlik 140 millionlik ayollardan salom aytaman. Pokistonda ayollar har tongda umid bilan uyg`onadi. Pokiston ayollari turlicha ular orasida qiyinchilik, qurol, urush, yo`qchilik, xo`rlik bilan yuzlashgan. Shu erda Toshkentdagi Kongress Xollda o`tirib oddiy ayollarni, biz bu erda ayollar qadri haqida ma`ruza qilib o`tirganimizdan umuman bexabar bo`lgan va ta`limga, normal hayotga imkoniyati yo`q, gender tenglik haqida tushunchasi bo`lmagan, 17 yoshga chiqmay turmushga berilgan, ukalariga boqib qarab o`tirib maktab ta`limidan qolib ketgan, hayotning og`ir qiyinchiliklarini elkasida ko`tarib yurgan ayollarni ham eslab o`tishimizni xohlardim. ShHT ayollar forumi barcha qatlamdagi ayollar huquqi, tengligi uchun hissa qo`shadi degan umiddaman. ShHT doirasida ayollar uchun maxsus stipendiyalar, loyihalar amalga oshiriladi deb ishonaman. O`zbekiston haqiqatan Markaziy Osiyo yuragi bo`lgan mehmondo`st iliq mamlakat. Men buni aeroportda samolyotdan tushishim bilanoq his qildim. Meni aeroportda go`zal qizil atirgullar bilan, xuddi shu gullardek go`zal ayollar kutib olishdi» dedi Nilufar Baxtiyor. 

U Pokistonda ijtimoiy zaif qatlam ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot rahbari, ham Senator sifatida o`z mamlakatining ayollarga oid siyosati xususida ham ma`lumot berdi. 

Qayd etishicha, Pokistonda havo desantlari orasida ayollar soni ortib borayotgan ekan. Mamlakatda ayollar banki faoliyat olib boradi. Islomiy an`analarga rioya qilinadigan davlat bo`lsada, ayollarga hamma joyda tegajog`lik bor, hatto yuqori hukumat tashkilotlarida ham.  
Hukumat tepasida o`tirgan amaldor eng quyidagi zaif qatlamni unutmasagina biz dunyoni qutqara olamiz, deb so`zini yakunladi Nilufar Baxtiyor.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.08.2022 20:18
Yuzni koʻrib fikr qil, birni koʻrib shukur qil