Kudbievcha yurish: Soliq qo`mitasi raisi olimpiada g`oliblaridan biri – Nodirbek Yakubboev otasining soliq organidagi unvonini oshirdi

16.08.2022 11:25

Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g`oliblaridan biri – Nodirbek Yakubboev va ayollar jamoasi vakili Nilufar Yakubboevalar otasi Murodbek Iskandarov Davlat soliq inspeksiyasi xodimi bo`lib ishlaydi.

Davlat soliq qo`mitasi raisi Sherzod Kudbiev kecha, 15 avgust kuni Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarov xonadonida bo`lib, barcha soliqchilarga Murodbek Iskandarovdan o`rnak olishi lozimligini ta`kidlagan.

Sherzod Kudbievning buyrug`i bilan shaxmatchilarning otasi – M.Iskandarovning unvoni bir pog`ona ko`tarilgan. Shuningdek, DSI raisi oila a`zolariga minnatdorchilik bildirib, Xumson sanatoriysiga yo`llanma ham topshirgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
16
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.08.2022 01:27
To'g'ri qilibdi, otasiga rahmat.. Shunday farzandlarni tarbiyalangan ota-onalarga ham yuksak unvonlar berish kerak
17.08.2022 01:22
Отасига Минг Рахмат.Шундай фарзандларни тарбия килгани учун бундан яхширогига арзийди
17.08.2022 01:20
Ёмон жойи йук.Отасига Минг Рахмат.Шундай фарзандларни тарбия килгани учун.Бундан яхширогига арзийди
16.08.2022 18:36
Эркак булинглар. Нима булибди шунга? Тизим ходимларидан бирининг фарзандлари шундай мувафакиятга эришибди. Буни рахбар эътиборсиз колдирмабди.