Bosh vazir qabulxonasi va Xalq qabulxonalari xalq ishonchini oqlayaptimi? Agar ular samarali ishlayotgan bo`lsa nega shikoyat va arizalar soni kamaymayapti? Belgilangan vazifasini to`la to`kis bajara olmasa kimga yoki nimaga kerak bunday tizim? Mazkur tashkilotlarni xalq boqadi-yu, ammo u erda o`z murojaatlari uchun javob topolmaydimi?
Savollar ko`p, ammo javob beradigshan mutasaddilar bormi?..
Bosh vazir qabulxonasi yoki Xalq qabulxonasi samarasiz tashkilotga aylanib ulgirgandek.
Rost24.uz nashriga ham har kuni o`ndan ortiq marojaatlar kelib tushadi. Murojaatchilarning deyarli barchasi ommaviy axborot vositasiga kelgunga qadar Bosh vazir qabulxonasi, Prokuratura, xalq qabulxonalariga o`nlab xatlar yozgani va natija bo`lmaganini iddao qiladi. Aslida, bugungi islohotlar natijasi o`laroq mahalla muammolari mahallaning o`zida hal etilishi kerak. Amalda aksariyat hollarda mahallaning oddiy maktab, bog`cha, yo`l ta`miri, daraxtlarning hokimlik tomonidan ayovsiz kesilishini oldini olish kabi muammolari nafaqat mahallaning o`zida, balki yigirmaga yaqin davlat tashkilotlariga yugurib xat yozilganda ham hal qilinayotgani yo`q.
Oqibatda odamlar ommaviy axborot vositasini muammo hal etib beruvchi vosita, jurnalistni esa jamoatchilik faoli sifatida ko`rmoqda. Odamlar soliqlari evaziga yashayotgan tashkilotlarning go`yoki odamlarning muammosi bilan shug`ullanishga vaqti yo`qdek.
“Yuksalish” umummiliy harakati mustaqil monitoring va baholash guruhining navbatdagi yig`ilishida aynan mana shu masalalar bo`yicha savol o`rtaga tashlandi.