Shayxontohur hokimi To`xtaev nogironlar jamoat birlashmasi talabiga ko`z yummoqda

04.08.2022 11:40

Shayxontohur tumani hokimligi nogironlar jamoat birlashmasining yo`l ta`miri bo`yicha yuborgan iltimosini e`tiborsiz qoldirib kelmoqda.



Toshkent shahar ko`chalari imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun doim noqulay bo`lib kelgan. Ayrim mahallalardagi o`nqir-cho`nqir yo`llardan ikki oyoqda arang o`tasiz, nogironlar aravachasida yurishni esa tasavvur qilavering.
Shayxontohur tumani, To`raqo`rg`on, Taxtapul ko`chalarida orqali INKLYUZIV JAMIYAT nogironlar jamoat birlashmasiga boriladi. Jamoat birlashmasi asosan imkoniyati cheklangan fuqarolarni bepul o`qitish bilan shug`ullangani sababli ko`chada ularning qatnovi ko`p. Biroq, To`raqo`rg`on, Taxtapul ko`chalaridagi notekisliklar jamoat birlashmasi faollari qatnashchilari uchun katta noqulaylik tug`dirmoqda.


INKLYUZIV JAMIYAT nogironlar jamoat birlashmasi raisi Nodira Tillaeva bir necha bor xat orqali Shayxontohur tuman hokimligiga murojaat qilishiga qaramay muammo echilmayapti.
Shuningdek, Nodira Tillaeva shahar hokimligi qabuliga yozilishning imkoni bo`lmaganini aytmoqda. «Ko`chalarimiz notekis, nogironlik aravachasida bu yo`llardan yurishning imkoni yo`q. Hokimlik vakillari ham bizning vaziyatni tushunishlarini xohlardim», deydi Nodira Tillaeva.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.08.2022 17:58
maqolalarga gap yo'q lekin
07.08.2022 17:57
telegram bot ishlamayapti-ku start bossa
04.08.2022 19:19
Nogironligi bor shaxslar boy emas, aksincha bir imo bilan bajariladigan boʻlardi