Korrupsiya — davlat byudjetini o`marish yildan yilga O`zbekistonda ortib bormoqda
Begzod Musaev, Agripina Shin, Baxtiyor Saidov, Abduqodir Toshqulov rahbarlik qilayotgan vazirliklar davlatga 1 trln. 282 mlrd. so`m moddiy zarar etkazgan.
Bu 2020 yilga nisbatan 3 baravar ko`p. Korrupsiyalashgan hududlar bo`yicha Jahongir Ortiqxo`jaev, To`ra Bobolov hokimligidagi viloyat va shahar etakchilik qilmoqda.
Bu haqida Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasining navbatdagi yalpi majlis oldidan bo`lib o`tgan majlisida ta`kidlandi. Hozircha bu axborotni inkor qilib bironta tashkilot chiqqan emas.
Senat xabariga ko`ra, aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Sog`liqni saqlash, Xalq ta`limi, Maktabgacha ta`lim, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to`g`ri kelgan.
Hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg`ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida eng yomon ko`rsatkichlar qayd etilgan.