Qishloq bolalarining oddiy hayoti — Yamoq ko`ylak, yirtiq kalish, tezak tergan qo`llar

01.08.2022 12:57

Qashqadaryo. Tong.

Behruz uch oy yozni oilasi bilan qishloqdagi tengdoshlari kabi “Oqqishloq”dagi tepalikda qo`y boqib o`tkazadi.

Bu erlarda "svet"  va gaz tushunchalari mutlaqo begona…

 

Behruz qo`shni yaylovga o`tib ketgan uloqchasini oyoqlarini echmoqda. Odatda qo`shnilar begonalar qo`y qo`zilarini o`z erlarida tutib olsa, oyoqlarini bog`lab qo`yadi.
Behruzning akasi qo`ylarni dalaga olib chiqquncha u onasi bilan uyda qolib qo`y tezaklarini, ya`ni qiylarni elashadi.

Bu ko`rib turganingiz qo`yxo`radagi qiylar.

Behruzlarning oilasi qishda uni yoqib isinadi. Ortiqchasini sotadi.

Aka-uka cho`pon bolalar qo`ylarni tekinga boqmaydi. Ular yaqinlarining  qo`ylarini boqib berib, pulini shaharda o`qiyotgan akalariga yuborishadi.

Mol tezaklari bolalar uchun katta boylik. Ular yarim kun tergan tezaklarini eshakka ortib uyga eltadilar. Tezakdan topilgan pullar ham shaharda shartnoma asosida o`qiyotgan akalariga jo`natiladi.
Bo`sh vaqtida tuproqqa qorishib koptok tepayotgan qishloqning g`ayratli bolalarining ko`nglida qachondir shaharga borib "katta odam" bo`lish orzusi yotadi.
Oylab cho`milmay yurgan bu bolalarga kiyim alishtirish ham ba`zan oylarga cho`ziladi. Yangi kiyim kiyishga xohish bo`lsa-da, ko`pincha imkon yo`q. Yamoq kiyim kiyib, tezak ko`targan elkalariga bir kun "shamol" tegishiga ishonadilar.
Qishloq bolalarining deyarli har kungi odatiy yumush bu. Quyosh chiqmasdan tongda turasan va quyosh botib qorong`u tushavergach suruv haydab uyga qaytasan.

 

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.08.2022 11:08
Bu nafaqat Qashqadaryoda, Jizzaxda ham shu ahvol, chunki hoʻkimimiz futbol oʻynashdan boshqa narsani bilmaydi
02.08.2022 11:06
Ёшим 50дан ошди, менинг болалигим хам шундай ўтган. Хозир фарзандларимники шундай етмоқда. Биламан, эртага бир кун келиб шаҳарга чиқишса, АВАТАР деб масхара қилишади. Шу сабаб нажот ИЛМда эканлигини тинмай уларга тушунтириб боряпман.
02.08.2022 07:11
Raxmat silarga haqqitdan sharoti ogir juda yollarga etibor berib yoshlarga sharoit yaratib berish kk
02.08.2022 02:51
Salom zurmsilar yashang bor haqiqatni yortib beribti Yangi O'zbekistoni qurayabmiz deb pirzendimiz aytayabti endi sal sharoitlarni togrilash payti keldi harkat qilaylik