Bank fuqaroning tirikligini tasdiqlovchi ma`lumot so`ramagan, aksincha, vafot etgani qayd etilgani uchun tegishli FXDYo bo`limidan buni inkor etuvchi ma`lumot olish mumkinligi tushintirgan.
"Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligi to`g`risida ma`lumot so`radi mazmundagi xabar tarqatildi.
Holat o`rganilganda fuqaro A.J kredit olish maqsadida bankning Qarshi shahar filialiga 2021 yilda murojaat qilgan va ushbu fuqaro tomonidan kredit olish bilan bog`liq hujjatlar to`liq taqdim etilmagan.
Shuni ham alohida qayd etamizki, bank mas`ullari tomonidan fuqaro A.J.dan uning tirikligini tasdiqlovchi ma`lumot so`ralmagan, aksincha, 2021 yilda shaxs haqidagi elektron ma`lumotlar bazasida A.J.ning vafot etgani qayd etilgani uchun tegishli FXDYo bo`limidan buni inkor etuvchi ma`lumot olish mumkinligi tushintirilgan.
Ayni shu fuqaro bilan bog`liq Daryo.uz saytida 2019 yil 26 centyabr, 2020 yil 22 yanvar, 2021 yil 11 noyabr kunlaridan turli maqolalar chiqarilgan.
E`tiborli jihati, bankning mas`ul xodimlari ushbu fuqaro bilan o`zaro suhbat jarayonida fuqaro A.J 2022 yil davomida kredit olish bo`yicha bankka murojaat qilmaganligi hamda kreditga ehtiyoji yo`qligini ma`lum qilgan.
Shu o`rinda, ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bankka tegishli ma`lumotlarni to`liq o`rganmasdan asoslanmagan, tekshirilmagan materiallarni tarqatmaslikni, bu holatlar qonunchilikda ko`rsatilgan tegishli javobgarlikka olib kelishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz."