Kecha kulbada yashayotgan oilaga bugun yangi uy qurib berildi

26.07.2022 14:41

Rost24.uz da e`lon qilingan bir intervyu sabab turmushi tubdan o`zgargan qishloq ayoli hayotidan reportaj


Bundan bir yil oldin, Rost24.uz saytida: «O`rta asr sharoitida, olis bir qishloqda yashayotgan ayol hayotidan lavha» nomli material e`lon qilingan edi.

Uyning avvalgi holati
Uyning bugungi holati

Unda umrida biror marta qishlog`idan nariga chiqmagan, og`ir qiyin sharoitda yashasa-da, hech qachon turmushidan nolimagan, o`tayotgan kunlariga faqat shukronalar aytadigan zamondoshimiz Lobar Marqaeva bilan suhbat qilgan edik.

Ushbu suhbatimiz Rost24.uzʼning YouTube kanalida ko`plab kuzatuvchilarni befarq qoldirmadi. Ya`ni Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Nakurt” qishlog`ida yashovchi Lobar Marqaevaning butun hayotini tubdan o`zgartirib yubordi.

Uyning avvalgi holati
Uyning bugungi holati

Birgina misol, shu yilning yanvar oyida saytimiz tomonidan o`tkazilgan «Yil tanlovi —2021» da ham Lobar Marqaeva «Yil ayoli» nominasiyasiga munosib ko`rilgan edi.

***

Oradan yarim yilcha vaqt o`tdi. Bizni qahramonimizning ayni kundagi turmushidagi o`zgarishlar qiziqtirdi. Bu oila o`sha o`rta asr sharoitidagi uyda yashab kelyaptimi? Katta o`g`lini harbiy qilish orzusi bor edi, o`g`lini armiyaga olishdimi? Shu kabi savollar bizni o`sha “Nakurt” qishlog`iga olib bordi.



— Yil boshida bir tadbirda ishtirok etasiz, deb chaqirib qolishdi. Tadbirga bordim. Tadbir yakunlanib qolganida, endi, hech kutilmagan paytda:  Lobar Marqaeva – «Yil ayoli», deb e`lon qilishdi. To`g`risi, men taqdirlanganlar qatorida bo`laman, deb o`ylamagandim, hech kutilmagandim.

Telefonimga qarasam, shahardan telefon bo`lyapti: «Yil ayoli» — Lobar Marqaeva, qachon uyingizga qaytasiz, biz boramiz».

Lobar opa ikki kundan so`ng qishlog`iga qaytib kelganida nimalar bo`lib ketganini hayajon bilan gapirardi:

Ikki kundan keyin uyimga kelib hayron qolganman-da… uyimizning oldida qancha ustalar yuribdi. Xonalarni zamonaviy ko`rinishga keltirishgan… xullas, ikki kunda shuncha narsa bo`lib ketgan-da, – deydi u.

Uyning avvalgi holati
Uyning bugungi holati

Samarqand viloyati va Payariq tumani hokimliklari yordami bilan shunday uylarda yashayotganini alohida qayd etgan Lobar Marqaeva, tug`ilgan kunida tikuv mashinasini sovg`a qilgan Payariq tumani hokimligiga va shunday baxtli kunlarni ko`rishiga sababchi bo`lganlarga minnatdorlik bildirdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.07.2022 22:50
"Йил эркаги" бўлгим келди: 26 йил ўқитувчи бўлдим, Ватан олдида кўрсатган хизматларим учун ИНСУЛЬТ "орден"и билан мукофотландим, аввал 1-гурух ногирони "унвони"га сазовор бўлдим, хозир "мартаба"м пасайган, 2-гурух ногирониман