Chet el fuqarosi Li Cholxoan o`zini aldab, unga tegishli katta miqdordagi pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan, O`zbekistondagi nodavlat fondlaridan birining sobiq direktoriga nisbatan chora ko`rishni va pullarini undirib berishni so`rab, huquq tartibot organlariga murojaat qiladi.
Tergov va sud ishlari yakuniga ko`ra, Said-Abdulaziz Yusupov tomonidan Chet el fuqarosiga etkazilgan zarar 152.539.480 so`m joriy yilning 13 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan to`liq undirib berildi.
Eslatma: Ikki yil oldin OAVni qo`llab-quvvatlash jamoat fondining sobiq direktori S.Yusupov o`zinining aybsizligini aytib O`zbekiston Respublikasi prezidenti nomiga video murojaat yo`llagan edi. Ushbu murojaat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga va bahslarga sabab bo`lgan edi.