MAKTAB KIYIMI UChUN saraton issig`ida no`xat dalasida qolayotgan bolalar hayotidan reportaj

20.07.2022 12:45

Qishloq bolalari hayoti bugun dalalarda o`tmoqda.  

Rost24.uz sayti kimsasiz no`xot dalalarida kunlik ishda mehnat qiladigan bolalar hayoti bilan yaqindan tanishdi. Ochig`i, shahardagi tadbirbozliklardan qochib, uzoq ovullardagi hayot tarzini sizga tanishtirish uchun olis qishloqlar tomon yo`lga chiqdik.

Borar manzilimiz zamonaviy yoki qadimiy shaharlariga emas, balki olis qishloqlarning oddiy hayot tarzi o`ziga tortdi. 

 


Lavhamiz Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi "Nakurt" qishlog`i dalalaridan tayyorlandi. Unda bironta ortiqcha bezash, bo`yash yo`q. Shuning uchun, undagi qahramonlarni ko`rib, hali haq-huquqini bilmaydigan, ruhan tushkun yoshlar ekan, degan fikrga bormang. Ularni shunchaki, hali murg`ak o`quvchi yoshlar ekan, deb qabul qiling.

Chunki, ko`pchiligi hayotni endi anglay boshlagan, mehnati halol ertangi kun egalari, xalos.

Davron ismli bolakay, shu yildan boshlab no`xot terishga chiqishni boshlaganini aytdi: 

— Shu yildan chiqishni boshladim. Birinchi chiqqandagi qiyinchilikni aytmasa, hozir qiynalmayman. Bu ishning yana bir tomoni, terishga keldingizmi tudadan qolmay, oxirigacha ishlashingiz kerak, deya orzularidan so`z ochadi.Orzularim katta. Nasib etsa katta o`qishlarga kirib, katta ishlarda ishlasam, deyman.

Keyingi qahramonimiz, besh yildan beri no`xot terishga chiqadigan, maktab yoshidagi o`quvchi qiz bo`ldi. U charchab, qo`llarimiz og`rigan paytda charchoqlarni yaqinlarim bilan bir-birimizga ko`maklashib engamiz, deydi:

 — Shu yilgi chiqqanim bilan hisoblasak, besh yil bo`ladi. Bu erda ko`pchilik no`xot ekadi. Shuning uchun, bir birimizga yordam beraylik, ozgina bo`lsa ham foydamiz bir-birimizga foydamiz tegsin degan maqsad ham bo`ladi. No`xot jarayonlarida qiyinchilik yo`q desam, yolg`on gapirgan bo`laman. Har ishning o`ziga yarasha mashaqqati bo`lgani kabi, bu ishda ham qiyinchchiliklari bor. Yaxshiyam, yaqinlarimiz, do`stlarimiz bor, qiynalgan paytimizda, qo`limiz, bellarimiz og`rib ketgan paytda bir birimizga kumaklashib, vaziyatdan chiqamiz. Nasib etsa, no`xot mavsumi tugagandan so`ng, o`zim qiziqqan kimyo-biologiya fanlarini yaxshi o`qishga harakat qilaman, — deydi u.

Biz bilan suhbat qilganlar ichida, eng hayratda qolgangan qahramon Sevinch ismli qiz bo`ldi. U bizga kelajakda aktrisa bo`lishini aytdi:

Aktrisa bo`lishga qiziqaman. Dilnoza Kubaeva, Lola Eltoevalarga havas qilaman, — deydi Sevinch. 

Yurtim, senga she`r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o`z yurting butun
Olam aro atagan tanho.
Ular she`ri uchdi ko`p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o`lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O`zbekiston – Vatanim manim! 
 

Xulosa qilib aytsak, bolalarining orzulari bir olam. Ularda muammolar ham yo`q emas, uni lavhamizda kuzatib, balki sezib qolarsiz…

Biz bor manzarani borligicha olib chiqdik. 

 


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
20.07.2022 21:18
Ёввойи бодом Жиззах вилоят Галлаорол туман Қўйтош шахарчасида терилмоқда
20.07.2022 20:18
Insof nimaligini bilmaydigan rahbarlari ko‘ppp bunday yurtda bolalar faqat qo‘llari qabarib mehnat qiladi oddiygina kiyimga ham imkoniyati yetmaydi.