O`zsanoatqurilishbank yangi uslubda IT markazlari faoliyatini yo`lga qo`ydi

15.07.2022 16:04

Bunda xodimlar uchun xavfsiz va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga qulay ijodiy muhitni hozirlash maqsadi ilgari surildi.

Binoning birinchi qavatida O`quv markazi, ikkinchi qavatida esa IT markaz o`rin olgan bo`lib, har ikki qavat ham zamonaviy arxitektura uslubida barpo etilgan.

O`quv markazi o`qituvchilar xonasi, ma`ruzalar zali, mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona kabilardan tarkib topgan bo`lsa, IT markazda dasturchilar, menejerlar, server xonalaridan tashqari, muzokaralar o`tkazish xonalari ham o`rin olgan.

IT markazda bir nechta “Agile” guruhlari ham faoliyat yuritadi. Ular Bank tizimida joriy qilinayotgan yangi loyihalar va xizmatlarni ishga tushirishda ko`maklashish barobarida, o`zlari ham muassasaning strategik vazifalaridan kelib chiqib dasturiy mahsulotlar yaratadi.

Xususan, bugungi kunda guruh a`zolari CRM dasturini ishlab chiqish, kredit konveyerini amaliyotga tatbiq etish, risk modelini qayta tayyorlash kabi loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Bank Axborot xizmati

Reklama

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар