Tanzila Norboeva senatorlarni qishloqlarga jo`natdi. Foydasi bo`larmikin?

14.07.2022 11:40

Senator va hokimlar hududlarga sayohat qilib, nimani o`zgartira oladi? Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarni hududlarga xizmat safariga yubordi. Bu haqida O`zA ma`lum qildi.

Xabarda yozilishicha, har bir viloyatga boradigan senatorlar ro`yxati shakllantirilgan. Ular bir hafta mobaynida boradigan viloyatida odamlar bilan uchrashib, ular bilan muloqot qiladi. Muloqot natijasi va hisoboti qanday ko`rinishda taqdim etilishi, muloqotdan ko`zlangan natija va maqsadlar haqida aniq ma`lumot yo`q. Bu amaldorlarning qishloqqa qilgan ilk «sayohati» emas. Shu vaqtgacha bir nechta tuman, shahar va viloyat hokimlari ham chekka qishloqlarga muloqot qilgani borib, ayrimlari qishloqdagi uylarda tunab qolgan. Misol uchun, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev, Sirdaryo viloyati hokimi (2021 yil yanvar oyi) G`ofurjon Mirzaev, qishloqdagi uylarda tunab qolgan. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abduraxmonov sovuqda gulxan yoqib Asaka tumani aholisi muammolarini eshitgan. Viloyat, tuman hokimlari hududlarda bo`lib muammolarni o`rganib yursada, xalq qabulxonalariga aholidan tushayotgan murojaatlar soni ortsa ortayaptiki, kamaygani yo`q.

Tanzila Norboeva senatorlarni hududlar miqyosida quyidagicha taqsimlagan:

– Senatorlar Boriy Alixanov, Botir Matmuratov – Qoraqalpog`iston Respublikasida;

– Ravshanbek Alimov – Andijon viloyatida;

– Erkin Gadoev – Buxoro viloyatida;

– Risqul Siddiqov – Jizzax viloyatida;

– Qobil Tursunov – Navoiy viloyatida;

– Mahmud Parpiev – Namangan viloyatida;

– Farhod Boqiev – Samarqand viloyatida;

– Anvar To`ychiev – Sirdaryo viloyatida;

– Odiljon Iminov – Surxondaryo viloyatida;

– Malika Qodirxonova – Toshkent viloyatida;

– Manzura Salimova – Farg`ona viloyatida;

– Bahodir Tojiev – Xorazm viloyatida;

– Tolibjon Madumarov – Qashqadaryo viloyatida.

Senatorlar hududlarga borib aholi bilan muloqot qilib qaytgach, qanday amaliy ishlarni bajarib kelganini, qaysi hududning muammolari echilganini so`rab ko`ramiz



@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.07.2022 18:34
Мархамат туманинг Йуламатол кишлоги борлигини билса бир келса яхши буларди. Муаммолар калашиб ётибди, ёрдам берадиган биронта мард рахбар йук. Салом билан Нишонбой Зокиров
15.07.2022 03:24
Фойдаси йук Яшасин кишлокларга бориб Вилоят марказидан чой ичиб у ердаги рахбарлани карзга ботириб кайтади Чекка кишлокга врачларни юбориб бажармаябдикуу шартномани Ойига 2 млн ипотекадан субсидия
15.07.2022 01:27
Чирчик ш.келса хабар колдиринглар,агар сенатор ташриф буюрса.Узи Олдин сенаторлар ва ОМ депутатларини Хар ой Кабули булар,кани у,тиклашга ахолидан куркади,ишонч колмаган
15.07.2022 00:31
Foydasi boladi. Senatorlar qaysi viloyatda qaysi tuman borligini bilib olishadi. Boshqa foydasi bolmasa kerak.
14.07.2022 20:43
Фойдаси йўқ, Сенаторларимиз оддий фуқаролар билан иши йўқ. Фақат хаммаси "паказуха"га. Халқ депутатлари Гулистон шахар Кенгаши депутати, суд - хуқуқ масалалари ва коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзоси К.Базарбаев.
14.07.2022 17:21
Толибжон акани нумерлари керак келиб кашкадарёга битта фукорони ишини хал килиб берсинчи курамиз.