O`zsanoatqurilishbank tizimidagi barcha filiallarni yagona bank kodiga o`tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
O`zbekiston bank tizimida xizmat ko`rsatish jarayonlarini mijozga yo`naltirilganlik tamoyili asosida qurish raqobat muhitining asosiy omillaridan biriga aylandi.
Shu bois O`zsanoatqurilishbank filiallararo operasiyalarni yagona bank kodiga o`tkazdi tizimida Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqilib, ilg`or bank biznesi faol o`zlashtirilmoqda.
Xususan, filiallararo operasiyalarni yagona bank kodiga o`tkazish tizimida bankning biznes modeli qayta ko`rib chiqildi.
Bek-ofisga tegishli funksiyalar markazlashtirildi. Bankning barcha filiallari Bank xizmatlari markaziga aylantirilib, faqatgina mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi zamonaviy bank ofisi faoliyati yo`lga qo`yildi. Filiallararo operasiyalar yagona bank kodiga o`tkazildi.
Natijada, mijozlarga xizmat ko`rsatishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:
– mijozlar bank hisobvarag`i ochilgan joydan qat`i nazar, bankning istalgan nuqtasidan bank xizmatlarining to`liq spektr xizmatlarini olish imkoni yaratiladi;
– bank mahsulotlari qatori kengaytirilib, mijozlarga xizmat ko`rsatish jarayoni sezilarli darajada tezlashtiriladi;
– mijozlar tomonidan ularning bank tarmoqlaridagi har qanday boshqa hisobvaraqlariga to`lovlari bank xizmat haqisiz o`tkaziladi;
– mijozlar hisobraqamlarini istalgan hududdagi bank tarmog`iga o`tkazish va xizmat ko`rsatishda bank rekvizitlari o`zgarishsiz saqlab qolinishi qayd etildi;
– mijozga xizmat ko`rsatilayotgan tarmoq vakillik hisob raqami holatidan qat`iy nazar, uning barcha turdagi to`lovlari uzluksiz va to`siqlarsiz amalga oshirilishi ta`minlanadi;
– mijozlarga yagona bank kodi tizimida xizmat ko`rsatish bankning mobil ilovasi va masofaviy xizmat ko`rsatish dasturlari orqali to`lovlar va operasiyalar uzluksiz holatda bajarilishi yuzaga keladi;
– front-ofis xodimlari tomonidan bank mijozlariga tezkor xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilib, ushbu bo`limga tegishli barcha amaliyotlar bitta tizimda, ya`ni “Yagona oyna – CRM” dasturida amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun. Yagona bank kodi – bu O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilib, mijozning bank hisob raqami bo`yicha majburiy rekviziti hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida