"Qishloq Qurilish Bank" mijozlariga navbatdagi qo`laylikni taqdim etmoqda.
Kuni kecha, bank tomonidan zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda ta`kidlanishicha, "UZCARD" “Qishloq Qurilish Bank” bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yangi, "UZCARD" foydalanuvchilariga bankomatlardan kartaning ishtirokisiz naqd pul mablag`larini echib olish imkonini beruvchi “Kod orqali naqd pul echish” xizmati yo`lga qo`yildi.
Ushbu qo`laylik borasida "UZCARD" bosh direktorining tijorat masalalari bo`yicha o`rinbosari Xamidullina Lilya o`z chiqishida shunday dedi:
“…xizmatining asosiy afzalliklari plastik karta uyda qolib ketgan va shu erda va hozir pul kerak bo`lgan vaziyatda – bu qulaylik, vaqtni tejash va operasiyalar o`tkazilishidagi xavfsizlikdir. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavflarni minimallashtirish maqsadida operasiyani tasdiqlashning qo`shimcha usullari joriy etildi. O`ylaymizki, yangi xizmat UZCARD kartalari sohiblari orasida katta talabga ega bo`ladi”.
Mazkur xizmatning mexanizmi juda oddiy va quyidagi bosqichlardan iborat:
1-qadam. "QUANT" mobil bank ilovasini ochish va menyudan “Naqd pulni olish” bandini tanlash. (Yangi xizmatni faollashtirish uchun "QUANT" foydalanuvchilari uni oxirgi versiyaga qadar yangilashlari kerak bo`ladi).
2-qadam. Kerakli mablag` miqdori kiritiladi va 30 daqiqa davomida amal qiladigan xavfsizlik kodi ilovaga kelib tushadi.
3-qadam. Bankomatning menyusidan «Kod orqali naqd pul olish” bo`limini tanlash va ilovagi oldinroq kelib tushgan tasdiqlash kodini kiritish.
4-qadam. Kod tekshirishdan muvaffaqiyatli o`tgandan so`ng, bankomat ekranida tanlangan mablag` va 1% miqdoridagi standart komissiyani aks etadi. Ushbu xizmatdan foydalanuvchidan qo`shimcha to`lov olinmaydi.
5-qadam. Xavfsizlik maqsadida foydalanuvchining mobil telefon raqamiga, bankomat ekranidagi grafaga kiritilishi kerak bo`lgan bir martalik SMS-kodi yuboriladi. Ushbu SMS-kod faqat 3 daqiqa davomida faol holatda bo`ladi.
6-qadam. Ma`lumotlar kiritilib, tasdiqlaganidan so`ng foydalanuvchi naqd pul mablag`larini oladi.
Ayni paytda ushbu xizmat, ya`ni “Kod orqali naqd pul echish” xizmati, "UZCARD" kartalari egalari uchun mobil ilovada va “Qishloq Qurilish Bank”ning bankomatlarida mavjuddir.
Anjumanda “KoronaPay” ilovasi orqali bank xizmatidan qo`lay foydalanish borasida ham alohida so`z bordi. Bu xizmatning qo`layliklari bo`yicha bankning muqobil savdo kanallarini rivojlantirish boshqarmasi bosh eksperti Abdurasul Abdujabborov shunday dedi:
“Bizning bank kartalarimiz “Zolotaya Korona” to`lov tizimining “KoronaPay” dasturiga integrasiya qilingan. Bu mijozlarimizga qanday qo`laylik yaratadi? Masalan, oldin Rossiyada ishlab yurgan mehnat muhojirlari uyiga pul yuborish uchun banklarda navbat kutishardi. Hozir esa “KoronaPay” ilovasini yuklab olib, “Qishloq Qurilish Bank”ning istalgan kartasiga to`g`ridan-to`g`ri pul junatishlari mumkin. Ya`ni endi bankka borib ovora bo`lishmaydi. Xohlagan: "HUMO" yoki "UZCARD" kartasiga mablag`larni tushirib olishlari mumkin”.
Taqdimot davomida, real vaqt rejimida “Qishloq qurilish bank”ning bankomati orqali xizmatning ishlashi namoyishi o`tkazildi.
Reklama huquqi asosida