Konstitusion o`zgarishlar xalqni qiziqtiradimi?

21.06.2022 19:37

#So`rovnoma

O`zbekistonda Konstitusiya yangilanishi haqida xabar berilganiga bir oycha bo`lib qoldi. Bu jarayonga bog`liq turli dasturlar, jonli efirlarda bir nechta muloqotlar, tadbirlar haqida yuzlab ma`lumotlar berib borilyapti. Yurtdoshlarimiz ushbu tarixiy islohot haqida qanchalik xabardor? Konstitusiya ular uchun nima?

Rost24.uz Qashqadaryo viloyati, Ko`kdala tumani, «Chiyal» dehqon bozorida so`rovnoma o`tkazdi.

Javoblar doimgidek turlicha:

— Konstitusiya nima u..? Men siyosatga tushunmayman;

— Uni bilmayman, bilsam bozorga kelarmidim...

— Konstitusiya – tinchlikda, u mustaqilligimizda;

— Voy, u nima deganlaringiz???

Konstitusiyaga o`zgartirish kiritilayapti, sizningcha, qaysi jihatlarga e`tibor qaratish kerak?

— Menimcha, O`zbekistonda arzonchilik, obodonchilik bo`lsa, shunisi yaxshi;

— Bu o`zgartirishlardan hozircha xabarim yo`q, chunki "svet" yo`q, televizor ko`rmayapmiz;

— Zamonning talabiga qarab, xususiy maktablarni ko`paytirish bo`yicha qonunlar kiritish kerak. Shunda ishlayman degani pul topishga chiqib ketaveradi, o`qiyman degani esa o`qiydi;

— Endi, biz baribir siyosatga aralasha olmaymiz;

— Bozorda zo`rg`a tirikchilik qilayotganlar ko`p, shulardan olinadigan soliqlar biroz engillashtirilsa yaxshi bo`lardi.

Batafsil videoda ko`ring:

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.06.2022 18:18
Mavjud konstitutsion huquqlardan foydalanishni ham imkoni yoqdek tuyulyapti… Ikkita nufuzli, Respublika miqyosidagi idoralarga shikoyat yuboryapman, isboti bilan. 1 oy buldi, reaksiya yoq. Qonunda ariza organilmasa ham bu haqda xabardor qilinishi kerak. Aloqa identifikatsiya uchun telefon kursatilgan bulsa ham jimlik.
22.06.2022 02:53
Ha, albatta, odamlarni qiziqtiradi
22.06.2022 02:23
либераллаштиравермасдан жиноятчига айникса рахбарлар ни пора олганларига жазони кучайтириш кк