“Bu borada turlicha fikrlar bor, men ochig`ini aytaman. Jamiyatimiz ochiq, fuqarolik jamiyatining etukligi yaqqol ko`rinib turibdi. Shuni ta`kidlashni istardimki, zamonaviy xalqaro huquq bu BMT Nizomidir. Ammo Nizomda o`z ifodasini topgan ikkita asosiy tamoyil endi bir-biriga zid kelib qoldi. Bu davlatning hududiy yaxlitligi va o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidir.
Hisob-kitoblarga ko`ra, agar millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi haqiqatda ro`yobga chiqsa, Er yuzida BMTga a`zo bo`lgan 193 ta davlat o`rniga 500 yoki 600 dan ortiq davlat paydo bo`ladi. Albatta, bunda tartibsizlik yuzaga keladi.
Shu sababli, biz Tayvanni ham, Kosovoni ham, Janubiy Osetiyani ham, Abxaziyani ham tan olmaymiz va, aftidan, bu tamoyil, bizningcha, Lugansk va Donesk bo`lgan kvazi-davlat hududlariga nisbatan ham qo`llaniladi. Bu sizning savolingizga ochiq javobdir”, degan Toqaev.
Ayrim manbalarning xabarlariga ko`ra, kecha Rossiya tomoni Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart To`qaevni «Aleksandr Nevskiy» ordeni bilan taqdirlash borasida tashabbus bilan chiqqan.
Qozog`iston rahbari bu kabi ishonch uchun minnadorchilik bildirgan, ammo taklifni rad qilgan. Uning aytishicha, Prezidentlik vakolatlari tugamagunga qadar mamlakat va xorijiy davlatlarning mukofotlarini olmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o`tamiz, yaqinda Bishkekka amalga oshirgan tashrifi mobaynida ham Q.J.To`qaev Qirg`izistonning birinchi darajali «Manas» ordenidan voz kechgan edi.