«Bog`cha» xodimlarining oyligi qachon ko`tariladi?

17.06.2022 13:10

Rost24.uz muxbiri eng kam oylik olayotgan soha xodimlarining muammolari yuzasidan vazirlik mutasaddilariga savol berdi. Maktabgacha ta`lim vazirligi vakili esa oylikni oshirish uchun jurnalist va blogerlar yordami kerakligini aytmoqda.

Vazirlik mutasaddilari maosh kamligi sababli «bog`cha opa»lariga ta`zim qilishga tayyorligini bildirdi.

«Bizning sohada ishlayotgan har bir tarbiyachi xodim oldida ta`zim qilishga tayyormiz. Sababi, o`n yarim soat ishlaydigan tarbiyachi toifalanishiga ko`ra 1 yarim milliondan 3 milliongacha maosh olishi mumkin. Bu ham albatta, judayam kam. Biz ham bog`cha xodimlarining maoshi xalq ta`limi xodimlari o`qituvchilarnikiga tenglashtirishni xohlaymiz», deydi Maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo`jaeva.

Bog`cha tarbiyachilari va oshpazlarining maoshi o`ta kamligi masalasi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ko`tarildi. Vazirlik xodimlari bog`cha tarbiyachilarining xaqiqatdan ham maoshlari kamligini og`riqli masala ekanligini qayd etishdi hamda bu muammoni o`nglashda jurnalist va blogerlardan yordam so`rashdi.

«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Moliya vazirligiga maoshlar kamligi masalasi haqida gapirilgan. Bu muammoda boshqa vazirliklar bilan ham kelishishimiz kerak. Bu borada agar, jurnalist va blogerlarimiz bizga yordam bersa, juda xursand bo`lar edik», deydi Mavluda Asqarxo`jaeva.

 

Eslatib o`tamiz, 2021 yilning noyabr oyida Maktabgacha ta`lim vazirligining moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Sherzod Pardaev maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari maoshlarini oshirish rejasi ishlab chiqilgani haqida ma`lumot bergan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
32
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
24.09.2022 22:13
Assalomu aleykum rosa tugri aytyapsizlar. Men ham boshlangich talim yunalishida uqiganman. Lekin negadir bogchaga tarbiyachi qilib olishmadi. Diplomim tugri kelmas ekan Tarbiyachi yordamchisi bulib ishga kirdim. Ertadan kechgacha bolalar bilan ishlaymiz. Tozaligiga ovqatiga tarbiyasiga. Rosa qiyin lekin oyligini surashsa tugrisi odam uyaladi aytishga 1mln sum. Qizim oddiy pochmuchkaga boradi haftada 2marta yarim soatdan 600ming tulaymiza. Bogchasi bor tugaraklari pullik. xullas 1oy ishlab oladigan oyligimiz hech narsaga yetmaydi. Bogchalarda oylikni oshirishsa yaxshi bulardi. Hamma xodimlarini dvornik xodimlaridan boshlab zavedushigacha.
23.09.2022 12:51
Assalomu alekum menda ham huddi shu muammolar, menham bog'chada tarbiyachi bólib ishlayman, lekin bizni bog'chamizda ishchilar soni guruh sonidan kóp bólganligi sababli oliy ma'lumotli bólishimga qaramay menga 1 oyga 5 kun ish kuni qóyib berishmoqda (qarabsizki oylikham ma'lumotizga yarasha emas) a órta maxsus pedagoglarimizga esa kóp yillik tajribaga ega deb 15-18 kunlab qóyishadi, (padmenlar kóp) shu tóg'rimi? Unda biz nega shuncha yillab Universitetda ta'lim oldik???
02.09.2022 20:39
Assalomu alaykum Men ham bog'cha xodimi bo'lib ishlayman 0.75 stafkada ishlayman DTMT oyligi qancha stafkaga qarab qancha oylik beriladi Bog'chalar oyligi juda ham past Kam ish haqqi beriladi Shuncha bola bilan ishlaymiz Olgan oyligimiz yo'lkiramiz bilan chiqib ketadi Qachon bizni oyligimiz ko'tariladi Biz ham qachon o'qtuvchilar kabi oylik olamiz qadrlanamiz
01.09.2022 18:47
Assalomu alaykum men 10.5 soatlik bog'chada tarbiyachi bo'lib ishlayman Bizda ish kunimiz tabel yozilar edi kunlik shunga tulanar edi oylik. Iyul oyi 10 kun ishladim 900 mingdan ziyod oylik tushdi avgust 13 kun ishladim yana 900 mingdan ziyod oylik tushdi mudiraga aytsam stafka bo'yicha tulanayapti deydi 2 3 oydan boshlab stafka bo'yicha tulanishni boshladi deydi shunaqa qaror chiqibdi . Avval 1kun ziyod ishlsak ham oyligimizga qo'shilib kelar edi oy 31 dan qaytsa oyligimiz qo'shilish o'rniga shuni ham ko'p korishdi 10 ishlasak ham bir hil oylik 15 kun ishlasak ham bir xil oylik bog'chada 30 ta bola bilan 1 kun ishlashni o'zi buladimi
31.08.2022 02:13
To'g'ri barcha fikrlarga qo'shilaman. Men ham Maktabgacha talimda o'qiyman sirtqida lekin hali ishga kirolmadim qayerga borsam bo'sh o'rin yo'q va boshqa bahonalar qilishadi. Hammasi pulim yo'qligidan ishga kirish uchun 500 $$ kerak yani pulini to'lamasangiz hech qayerdan ishga olishmaydi. Bazi mudiralar ochiqchasiga kamida 500 $ so'raydi deyishdi birdan naxt bermasang hech kim ko'nmaydi deyishdi. Yana ish 0,5 stavka oyligi 1 mln ga ham yetmaydi . O'qituvchilardan ko'ra tarbiyachilarga juda katta adolatsizlik.
25.08.2022 05:01
Assalomualeykum men ham 3 yil chet el universitetida oqidim 22 milliondan yiliga kontrak tòlab . Til bilsak tarbiyachilik qilsak 2 million oylik juda kam . Man 66 million tòlab òqib 30 yil ishlashim kerak tòlagan pulimni chiqarish uchun qani adolat . Ish soati kòp , mehnati og'ir , oyligi kam obrosi yoq . Bularni hammasiga ozimiz davlat òquv dizimi ustida ish olib boradganlar aybdor . Hich qaysi davlatda Tarbiyachilarga bunaqa munosabat korsatilmagan shining uchun boshqa davlatda gerdayib ishlashadi tarbiyachilar . Maktablarda ish soatiga qarab oylik oladi bizda har kuni 5 gachon ish agar maktab soati bn hisoblaganda biz o'q tuvchilardan ikki baravar ko'p oylik olishga haqqimiz bor . Oylik oshdi rahmat lekin ish soatiga tòri kemidi hozirgi maoshlar Davlat maktabgacha rahbarlari nega bu haqda qonunlar ishga tushirmisila ,faqat talab qimasdan sharoit yaratib berish kerak talab qilsa arzidgan qilib. Davlatimizni kelajagini oylagan odam tezroq bu sharmandalikni tuzatardi boshqa davlat eshitib kuladi ustimizdan . Chet el universitetida oqiganim uchun aytyapman bekorga Ozbekisdan maktabgachon talim ortda qolmagan hammasiga sharoit yòqligi oylik kamligi talim muassasalarida oliy malumotsiz hodimlar kopligi sabab.
25.08.2022 04:54
Assalomualeykum men ham 3 yil chet el universitetida oqidim 22 milliondan yiliga kontrak tòlab . Til bilsak tarbiyachilik qilsak 2 million oylik juda kam . Man 66 million tòlab òqib 30 yil ishlashim kerak tòlagan pulimni chiqarish uchun qani adolat . Ish soati kòp , mehnati og'ir , oyligi kam obrosi yoq . Bularni hammasiga ozimiz davlat òquv dizimi ustida ish olib boradganlar aybdor . Hich qaysi davlatda Tarbiyachilarga bunaqa munosabat korsatilmagan shining uchun boshqa davlatda gerdayib ishlashadi tarbiyachilar . Maktablarda ish soatiga qarab oylik oladi bizda har kuni 5 gachon ish agar maktab soati bn hisoblaganda biz o'q tuvchilardan ikki baravar ko'p oylik olishga haqqimiz bor . Oylik oshdi rahmat lekin ish soatiga tòri kemidi hozirgi maoshlar
18.08.2022 15:16
Assalomu alaykum bu haq gap .Qachongacha ta‘limning boshlang‘ich poydevori bo0lgan Maktabgacha ta‘lim ishchi xodimlarini maoshlari aytishga uyalgulik darajada bo‘ladi.Dunyodagi eng mashaqqatli kasbku bu.Ba‘zida o‘z ota onalari injiqliklarini ko0tara olmaydigan bolajonlarni kun buyi har tomonlama parvarishlasagu bunga yarasha maosh olmasan bu sohada faqat talab bor ammo taklif yuq .Eyy rahmateee.
22.06.2022 18:10
Men ham oliyman 4 yil kontrakt tolab kunduzgida oqiganman,lekin orta guruhda bolganligim sababli 1,5 mln olaman qani ADOLAT
21.06.2022 22:42
Ҳақиқатда ҳам боғча ходимларини ойлик маошлари жуда кам энг аввало меҳнатини ҳалоллаб иш ҳақи олаётган ходимларга минг РАХМАТ. Бугунги таълабга мослаб иш жойимдан ажралиб колмасдан фаолият юритиб ўзим устимда тинмай иш олиб бориб,жажжи болажонларга жон олиб жон бериб мактабга чиқиш жараёнида биринчи синф қўлланмаларини бевосита ўқиб бера оладиган болаларни таёрлашим керак деб фаолият юритишябди. Яна камига булар таёрлаб қўйган болажонларни мактаб ўқитувчилари пуллик курс очиб қайта таёрлаб мактабга қабул қилябди. Менимча бугунги кунда боғчада фаолият юритган ҳар бир бола мактаб қўлланмаларини мукаммал билади. Булар ҳеч қандай курсга муҳтож эмас. Лекин мактаб ўқитувчиларига ажратилган ойлик маош болаларни олаётган билим даражасига мутлақо тўғри келмайди.Боғчадаги билим олиш жараёнини мактабда ҳам давом этганда эди яна қайтиб АЛЛОМАЛАР туғилган бўлар эди. Хулоса қилиб айтмоқчиманки ходимларни ойлик маоши оила эхтиёжига ҳам етмайди.Сизлардан илтимос боғча опаларни иш ҳақига этибор қаратишингизни сўраб қолардим.( Мен боғча йўналишида фаолият юритмайман) лекин бунга бефарк қараб туролмадим.
21.06.2022 02:13
Assalomu alekum shu masalani yanada teparoqqa chqsa xursand bo'lardik
20.06.2022 16:31
Oliy ma'lumotli bula turib 1,5milyon oylik tong soat 7 dan kech soat 17gacha ish. Oliy bulsak oyligimizxam shunga yarasha buladida deb uqidik oyligimizni aytishgaxam uyaladi odam
19.06.2022 14:00
Богча опаларга рахмат бечоралар янги куйлак хам киймей кантрактда 5 йил укиб 1яриммилон ойлик олишяпди нохаклик
19.06.2022 12:34
Бу масала жуда долзарб!!! Чунки улар еш авлоднинг биринчи ота онадан хам (керак булса, хозирги вактдаги айрим ота оналарга) олдинда турадиган тарбиячиси. Бола биринчи булиб уларнинг кулида дунени танийди, онги ривожланади. Укитувчиларга тайер укувчи булиб боради. Чунки, богчага борган бола билан бормаган болани фарки бор. Хаммадан хам бу богча опалар хам олий маьлумотли, улар хам давлатга Контракт тулаб укишган(1200ойлик учун). Бу нима ахвол? Шундан келиб чикмайдими болани нотугри тарбиялаш. Вактики, Ота она хам тарбиялашга кийналади! Айтсак масалалар жуда куп. Мен жамоатчиликдан яна купрок фикр сураб коламан. Буни албатта мутасаддилар куриб чикиш керак. Илтимос силардан БУ КАТТА МАСАЛААА!!!!
19.06.2022 11:05
РАХМАТ Rost24 ЖАМОАСИ, АЙНИКСА ЖУРНАЛИСТ КИЗИМИЗГА. ДОИМ СОГ ОМОН БУЛИНГЛАР. ДМТТЛАРДА 1МЛН ОЙЛИККА КУН КЕЧИРИШАЯПТИ ЖУДА КЎПЧИЛИК.
17.06.2022 21:00
Ассалому алайкум барчангизга жуда хам тугри гапларни ёзишибди масалан узимхам богча ходими булиб ишлайман 0,75 ставфкага 800 ойликга ишлайман лекин хеч качон еткираолмайман юл кирага когозвозлик ишларига бу ёкка гуруппа ремонтга узиз уйлаб куринг качон бизларни тенглар экан
17.06.2022 18:33
Япония тизимдай тизим керак. Бизга Мактаб Олий таьлимга. Билимсизлик шунчалар юкорики тарбиямизнинг аслини социал тармокларда куриб турибмиз. Жиддий эьтибор керак. Тошкулов устоздай собит ватанпарвар жонкуярлар керак. Порахур. Билимсиз. Илмий ишни кучириб оладиган сохта профессор дотцентлар укитувчиларни йукотиш керак. Шу миллат учун эртанги кун учун. Хеч булмаса богча аьло тарбия берадиган маскан булсин. Хамма уйгонсин биродарлар миллат купаяиб боргани билан ахлок одоб булмаса инкирозга юз тутамиз яна 30 йил ичида. Буаник елгончи олиб сотар бузук тарбиясиз асли одам. Хулки манкуртлар юзага келади. Уйгонинг. Халойик. Уйгонинг