Prezident Shavkat Mirziyoev 15 iyun kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida: «Ochiq aytish kerak, 2 million so`m oylik olayotgan texnikum yoki kasb-hunar maktabi muallimlaridan kamida 5 million so`m ish haqi oladigan mutaxassislar tayyorlab berishni talab qilyapmiz», dedi.
Shu bois kelgusi yil 1 yanvardan:
professional ta`limdagi pedagog va ustalar oyligi o`rta maktab o`qituvchilariga tenglashtiriladi;
o`qituvchilar malaka toifasi uchun to`lanadigan ustama o`rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi;
erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlarning oyligiga 50 foizgacha ustama to`lash joriy etiladi.
Kelgusi yilda buning uchun byudjetdan qo`shimcha 150 milliard so`m ajratiladi.
Shuningdek, professional ta`lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim yaratiladi.
Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari o`rniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.