Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olindi

07.06.2022 10:54

U jinoiy sheriklari bilan 48 mlrd. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov o`ziga nisbatan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Andijon shahar hokimi eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig`i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e`lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Hozircha etkazilgan zararning atigi 23 foizi qoplangan. Tergovni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi olib borayotgani ma`lum.

Haydarov joriy yil 28 may kuni deputat dahlsizligi huquqidan mahrum qilingandi.

Bahromjon Haydarov avvalroq hokim sifatida ham er ajratish bilan bog`liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard so`mdan ortiq zarar keltirgani ma`lum qilingan edi. Bir vaqtning o`zida deputat hisoblangan hokimni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo`yicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan 2022 yil 3 fevral kuni Xalq deputatlari viloyat kengashiga kiritilgan taqdimnoma taqdiri yuzasidan jamoatchilikka ma`lumot berilmagan.

Bugunga qadar Andijon shahri hokimining noqonuniy er ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani va boshqa masalalarda qonunga zid xatti-harakatlari jamoatchilik tomonidan keskin qoralanib kelmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.06.2022 06:24
OTABEK1992302022
08.06.2022 15:08
Қайси амалдорни қамаб чора кўрилдики бунисига чора кўрилгани
08.06.2022 14:16
Оқлаб вазирликка кўтариш керак! Анъана бузилмасин! - Og`zingizga palov
08.06.2022 13:31
Қамоққа олиш билан битмайди, ўзлаштирилган ҳамма пул ва моддий бойликларни бюджетда алохида счётга ўтказиб, ўзини ўмрбод қаммоққа тиқиш керак ёки қамоқдан чиққанидан сўнг тирикчилигини "0" дан бошласин. Кўрганмиз, кураяпмиз қамалиб ўғри порахурлар ҳеч нима бўлмагандай юришибди, Ўша СССР пайтида ҳам, Мустаққиллик даврида ҳам, адолатли жамият қурилгани йуқ, ҳамма катта-кичик раҳбарлар фақат лоф уради...
07.06.2022 20:14
Шахар хокимлигига тайинлашдан олдин текшириш керак эди.
07.06.2022 19:00
Avval magazinchilar qamalardi. Xozir xar kuni 3-4 Xokimyat aʼzolari qulga olinyapti
07.06.2022 16:09
Оқлаб вазирликка кўтариш керак! Анъана бузилмасин!