Sherzodxon Qudratxo`ja oziq-ovqat narxlaridan sarosimaga tushayotgan aholiga o`z fikrlarini bildirdi.
«Bo`layotgan jarayonlarga real baho berishimiz kerak»
- Kelinglar, bo`layotgan jarayonlarga real baho beraylik. O`zbekiston ham Er sharidagi bir mamlakat. Shunday ekan, tabiiyki dunyodagi jarayonlar bilan bog`liqdir. Ko`ryapsiz, bugun dunyoda nimalar bo`lyapti… Masalan, dunyoda eng ko`p g`alla, kungaboqar etishtiradigan davlat Ukraina. U erdagi jarayonlar ochiq, vaziyat esa hammaga ayon. Yoki bo`lmasa, Rossiyaga joriy qilinayotgan cheklov, sanksiyalar zanjiri, shuning ortidan oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojning ortib borishini ko`ryapmiz. Yana tabiiy jarayonlar ham bor - bu yil yog`ingarchilik yaxshi bo`ldi, lekin har yili shunday emas - deya reallikka chaqiradi Qudratxo`ja.
«O`zbekiston 30 yil ichida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tmadi»
- Bloger Otabek Bakirovning fikrlarini o`qidim. U bu boradagi boshqa davlatlar islohotlari haqida yozadi: «Narxlarni erkinlashtirishga boshqa davlatlar 1992 yil 1 yanvarda kirishib, 1996-1999 yillarda bozorga o`tish yakunlangan bo`lsa. biz 1994 yildan beri shu yo`ldamiz», deydi O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja.
Batafsil videoda ko`ring:
Eslatib o`tamiz, biroz avval, rost24.uzning yutub va telegramm sahifalarida narx navo bo`yicha aholi o`rtasida so`rovnoma o`tkazilgan edi. Narxlarning oshishi hamyurtlarimizning oilaviy byudjetiga qanday ta`sir qilganini ushbu videoda ko`rishingiz mumkin: