Aholi uchun yana bir (no)qulaylik haqida odamlar nima deydi?

24.05.2022 12:06

Yangi qoidaga ko`ra, siz avtobusga old eshikdan chiqishingiz, salonga o`tishdan oldin haydovchining yoniga o`rnatilgan maxsus qurilma orqali yo`l haqqi uchun to`lovni amalga oshirishingiz, shundan so`nggina, salonga kirishingiz mumkin. Avtobusdan tushishda esa orqa eshiklardan foydalanishingiz so`raladi.

Rost24.uz bu borada aholi fikri bilan qiziqdi va so`rovnoma o`tkazdi.

Javoblar bilan tanishing:

— To`g`ri, xorijiy davlatlarda shu amaliyot bor, lekin bizda bo`lishi uchun sharoit bo`lishi kerak. Ba`zi yo`nalishlardagi avtobuslarning hajmi juda kichkina. Ko`rib turibsiz, tirband. Ayniqsa ertalab, 19-115 sonli avtobuslar umuman tirband bo`ladi. Ya`ni oldidan chiqib, orqadan tushishning imkoni bo`lmaydi. Buning uchun avtobuslar sonini ko`paytirib, keyin shu amaliyotni joriy qilish kerak;

— o`z vaqtida avtobuslar yursa, bunaqangi odam ko`p bo`lmaydi. Odamlar 20 daqiqalab kutadi;

— oldin orqa eshiklardan chiqilardi, yo`l haqqini to`lab old eshikdan tushilardi. Endi teskari, o`zi hamma narsa teskari bo`lyapti;

— hamma narsa yuqoridan boshlanadida, yana pastdagi odamarga bu bosim o`tkazish deb o`ylayman. Hali bunga aholi ham, tizim ham tayyor emas, - deyishmoqda yo`lovchilar.

Avtobus haydovchilari ham ayrim muammolarni sanab o`tishdi:

- avtobusdan tushishda bemalol, ikkita eshik ochiladi. Lekin, ertalab tirbandlik paytlarida bittalab odam yo`l haqqini to`laguncha, ko`pchilik navbatda turib qoladi.

— Unday bo`lsa, kassada ulgurib bo`lmay qoladi. Odamlar kutib qoladi. Hammasi elektron bo`lsa, tekkizib-tekkizib o`tib ketaverardi. Hammaga oson bo`ladi. Lekin naqd pul masalasi biroz qiyinroq...
Batafsil videoda ko`ring:
 

 

Ma`lumot uchun: 2021 yil 1 avgust holatiga «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufida jami 1179 ta shahar yo`lovchi avtobusi mavjud. 2014 yilda bu raqamlar 1500 ta edi

Poytaxt aholisi soni muntazam oshib borishi, jamoat transporti salmog`i esa bunga mutanosib tarzda oshmaganini ko`rish mumkin. Hozirda Toshkent shahrida jamoat transportida kunlik o`rtacha 940-950 ming yo`lovchi tashilmoqda.

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko`ra "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati korxonalari harakat tarkibini 2022-2025 yillarda 1 063 ta, shu jumladan, 673 ta elektr quvvatida ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish yo`li bilan yangilash dasturi amalga oshiriladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.05.2022 02:33
Bu qonun nimani bildiradi. Amaldorlar hali halqni atrofidagi voqealardan habarsiz.