O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyati faollari bilan uchrashuvda amaldorlar faoliyatiga nisbatan tanqidiy fikr bildirib, «Barcha amaldorlar — xalq xizmatkorlari. Buni hamma tushunishi kerak. Tushunmagan inson siyosatimizga xiyonat qilgan bo`ladi. Ayrim amaldorlar tushunmayapti hali ham bu narsani», - degan fikrni aytdi.
Shu fikrlar asnosida Rost24.uz so`rovnoma o`tkazdi:
— Amaldorlarimiz xalq xizmatkorlarimi yoki yo`q?
Javoblar esa turlicha bo`ldi. Kimdir ularni xalq xizmatkori deb sanasa, kimdir amaldorlar faoliyatidan norozi:
— Shu paytgacha xizmatni xalq qildi, endi ular qiladida;
— xalqni o`ylaydigan kishi bunchalik boy bo`lmaydi, xalqni pulini egan kishi boy bo`ladi;
— amaldorlar Prezidentimiz siyosatini to`g`ri tushunsa, yaxshi bo`lardi. To`g`ri, tushunganlari ham bor, lekin hali ko`pchiligi tushunmaydi;
— ular xalq xizmatkori emas, «kalamush»lar degan bo`lardim;
—amaldorlarimiz xalq xizmatkori sifatida xizmatini qilmayapti, aksincha biz ularning xizmatini qilyapmiz;
— men bu savolga javob berolmasam kerak, ozgina tayyorlanib, o`ylab javob bermasak...
Batafsil videoda ko`ring!