Uch kun oldin (6-may) saytimizda Qibray tumani, “Oq Oltin” mahallasida o`tkazilgan so`rovnoma — "Toshkent chegarasida: Ariqdan suv ichamiz, «Biz mol emasmiz!» e`lon qilingan edi.
Qibray tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, “Oq Oltin” mahallasida tuman sektor rahbarlari aholi bilan sayyor uchrashuvlar o`tkazib, ularning muammolarini o`rganmoqda.
Xususan Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov va tuman DSI boshlig`i Sh.Xalmatov hamrohligida 4-sektor hududida joylashgan “Oq Oltin” mahallasida fuqarolar bilan uchrashgan.
«Tuman hokimi 4-sektor rahbari bilan birgalikda mahalla hududidagi “Jambul” ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan sayyor qabul o`tkazib, aholining ichimlik suvi, elektr va internet hamda ta`lim yo`nalishidagi muammolarini mas`ullar ishtirokida batafsil o`rgandi.Fuqarolarning muammo va murojaatlarini bartaraf etish bo`yicha aniq vazifalar berildi», deyiladi xabarda.