Rost24.uz tanqididan so`ng, katta ko`cha asfaltlanibdi, biroq hokimlikdan hali rasmiy munosabat yo`q

06.05.2022 19:55

Rost24.uz so`rovnomasidan so`ng, Qibray tumani, “Uzumzor” mahallasining asosiy yo`liga yangidan asfal yotqizilibdi, biroq bu borada hokimlikdan hali rasmiy munosabat kelgani yo`q. Chunki so`rovnomada ko`tarilgan muammolar to`liq echim topgan emas. 

Saytimizda shu yilning 5 aprel sanasida "Mahallangizda muammo bormi?" loyihasi doirasida, Qibray tumani, “Uzumzor” mahallasi hududida o`tkazilgan so`ruvnoma e`lon qilingan edi.

Unda o`quvchisiz qolayotgan 35 maktab xarobasi, "odam yashirinsa bo`ladigan ichki yo`llaridagi "yama"lar", toksiz yangi transformator, shu bilan birga asosiy yo`llarning achinarli holati ochib berilgandi.

Mana oradan bir oy vaqt o`tdi. Muammolar o`z echimini topdimi?

Rost24.uz muxbiri zimmasiga yuklatilgan boshqa bir vazifa bo`yicha harakatlanarkan, "Uzumzor" MFY hududidan o`tishga to`g`ri kelgan va mahallaga kirishdagi asosiy yo`l yangilanganiga guvoh bo`lgan.

 

Shundan so`ng, mahalla kishilaridan biri bilan aloqaga chiqib, fuqarodan qilingan amaliy ishlar haqida so`ragan hamda quyidagi javobni olgan:

«Bitta shu — mahallaga kirishdagi asosiy yo`lni asfalt qilishdi, ichki ko`chalar esa o`sha holida turibdi. Boshqa hech qanday amaliy ish bo`lgani yo`q. Hatto tayyor, yangi tarasformatorga ham tokni ulab berishmadi. Aytganday,  35 maktabga komusiya keldi deyishdi, lekin maktab holati ham o`sha-o`sha». (audio bor)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар