O`zbekiston 2022 yilda matbuot erkinligi bo`yicha tuzilgan reytingda 180 ta davlat ichidan 133 o`rinni egalladi. Garchi bu ko`rsatkich o`tgan yilgi 157 o`rindan ancha oldinlagan bo`lsada, buni yaxshi natija deb atash qiyin.
O`zbekiston jurnalistlarichi?
Ular mamlakatda so`z erkinligini necha ball deb hisoblaydi?
Ijodkorlar tanqidiy maqola yozishdan qo`rqadimi?
Rost24 muxbiri o`tkazgan so`rovnomada javoblar turlicha bo`ldi:
-Tanqidiy maqola yozishga havas qilaman, bugun tanqid qilishning davri keldi.
- Qo`rqmayman
- O`zimdan emas, oilamga xavf tug`ilishidan qo`rqaman.
- Tanqid qilaveramizu ularga chora ko`rilmasa, tanqiddan foyda yo`q.
- Ko`rsatuvim efirga uzatilmasligidan qo`rqaman.
Batafsil videoda ko`ring: