Sherzod Asadov O`zbekistondagi so`z erkinligini darajaga solishni ma`qul ko`rmasligini ma`lum qildi.
"Hali qiladigan ishimiz ko`p, lekin, erishilgan yutuqlar ham ko`pligini alohida ta`kidlash kerak."
Uning qo`shimcha qilishicha, 2016 yilgacha ishlagan jurnalistlar hozir Prezident tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga etishi aniq.
"Biz yangi axborot zamonida yashayapmiz. Bu davlatning rivojlanishi uchun ham, jamiyatning rivojlanishi uchun ham katta rol o`ynaydi", dedi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Eslatib o`tamiz, Prezident Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov 1981 yil 4 mayda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug`ilgan.