Prezidentning tegishli farmoniga asosan Vladimir Norov O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O`zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi.
Vladimir Imomovich Norovning tarjimai holi bilan tanishing:
Ma`lumoti oliy. 1976 yil Buxoro pedagogika institutini, 1985 yil Moskva Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1978-1992 yillar – O`zbekiston Ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan Vladimir Norov 1993 yildan mamlakat IIV tizimidan uzoqlashdi.
1993-1995 yillar – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xalqaro huquq xizmati eksperti, konsultanti;
1995-1996 yillar – O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari;
1996-1998 yillar – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;
1998-2003 yillar – O`zbekiston Respublikasining Germaniya, Shveysariya va Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi;
2003-2004 yillar – O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari
2004-2006 yillar – O`zbekistonning Respublikasining Belgiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, NATO va EIdagi missiya rahbari;
2006-2010 yillar – O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;
2010-2013 yillar – O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari;
2013-2017 yillar – O`zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi, NATO va EIdagi missiya rahbari;
2017-2018 yillar – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori
2019-2021 yillar – Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi;
2021 yil 30 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari.
Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003 yil).