2021 yil – “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb atash bilan 30-yilga (1991-2021) nom berildi.
Ortga nazar solib sarhisob qilinsa, bundan oldingi yillarda ham yoshlar va tibbiyot sohasiga bir necha bor murojaat qilingan.
O`tgan yillarda kelajak avlodga e`tibor qaratish va ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida yillarga ikki marotaba yoshlarga oid nom berilgan:
2008 yil (Yoshlar yili), 2010 yil (Barkamol avlod yili).
Shu vaqtgacha salomatlikni asrash, tibbiyot sohasiga hukumat darajasida e`tibor qaratish va rivojlantirish uchun jami 7 marotaba yillarga nom berilgan:
1992 yil (Hamshiralar yili), 2000 yil (Sog`lom avlod yili), 2001 yil (Ona va bola yili), 2005 yil (Sihat-salomatlik yili), 2006 yil (Homiylar va shifokorlar yili), 2014 yil (Sog`lom bola yili), 2016 yil (Sog`lom ona va bola yili).
Demak, yoshlar bilan bog`lab uchinchi bor yilga nom berilgan bo`lsa, tibbiyot sohasi bo`yicha nomlanish 2021 yil sakkizinchisi hisoblanadi. Ammo 8 yil tibbiyotga alohida e`tibor qaratilganiga qaramasdan bu sohada aholi istaganidek o`zgarishlar ro`y berdimi? Yakuniga etib borayotgan joriy yilda tibbiyotimiz sinovdan o`tdimi? Bu alohida mavzu...
Birinchi Prezident Islom Karimov yillarga nom berishda birgina sohani qamrab olgan bo`lsa, Shavkat Mirziyoev berayotgan yil nomlarda ikki sohaga e`tibor qaratilyapti.
Yillarni qo`shaloq nomlashdan ortda qolgan sohalarni imkon qadar tezlikda oyoqqa turg`izishga harakatlar boshlanganini anglash mumkin.
1991 – 2021 yillarga berilgan nomlar bir qatorda
1991 yil – Alisher Navoiy yili
1992 yil – Hamshiralar yili
1993 yil – Ahmad Yassaviy yili
1994 yil – Mirzo Ulug`bek yili
1995 yil – Abu Ali ibn Sino yili
1996 yil – Amir Temur yili
1997 yil – Inson manfaatlari yili
1998 yil – Oila yili
1999 yil – Ayollar yili
2000 yil – Sog`lom avlod yili
2001 yil – Ona va bola yili
2002 yil –Qariyalarni qadrlash yili
2003 yil – Obod mahalla yili
2004 yil – Mehr-muruvvat yili
2005 yil – Sihat-salomatlik yili
2006 yil – Homiylar va shifokorlar yili
2007 yil – Ijtimoiy himoya yili
2008 yil – Yoshlar yili
2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010 yil – Barkamol avlod yili
2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012 yil – Mustahkam oila yili
2013 yil – Obod turmush yili
2014 yil – Sog`lom bola yili
2015 yil – Keksalarni e`zozlash yili
2016 yil – Sog`lom ona va bola yili
2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili
2019 yil – Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020 yil – Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021 yil – Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili