Chet el fuqarolariga O`zbekistonda ko`chmas mulk olishlari engillashmoqda.
Joriy yil 1 maydan boshlab ro`yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O`zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko`chmas mulk ob`ektlarini sotib olish tarzida investisiya kiritish huquqi beriladi:
— Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko`chmas mulk ob`ektlarida qiymati 180 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo`lmagan ko`chmas mulk ob`ektlari;
— boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko`chmas mulk ob`ektlarida qiymati 85 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo`lmagan ko`chmas mulk ob`ektlari.
Bunda, mazkur ko`chmas mulk ob`ektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O`zbekistonda doimiy ro`yxatdan o`tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo`lmaydi.
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga ko`chmas mulk sotib olish sharti bilan O`zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan ko`chmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 ming AQSh dollaridan 300 ming AQSh dollari ekvivalentigacha kamaytirildi.