Singan beshik, qulagan devor, umidsiz nigohlar... Tabiiy ofat talofatlari Rost24 muxbirlari ob`ektivida

21.04.2022 20:02

5 nafar fuqaro vafot etdi.  Voqealar markazidan reportaj

Jizzax viloyati Forish tumani Egizbuloq qishlog`i aholisi yana bir tunni seldan keyingi vayronalar orasida o`tkazadi. Ayni damda muxbirlarimiz u erda vaziyatni o`rganib, aholi bilan suhbatlar qilmoqda.
 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eslatib o`tamiz, 20 aprel kuni respublikaning ayrim hududlarida kuchli yog`ingarchilik natijasida sel va toshqinlar yuzaga keldi.
 

Bugun FVV sel keltirgan talofatlar bartaraf etilayotgani haqida xabar berdi.

Forish tumanidagi sel oqimi «Egizbuloq» MFYda joylashgan 260 ta xo`jalikka zarar keltirgan. Ularning 53 tasi to`liq, 44 tasi o`rta va 163 tasi engil darajada talofat ko`rgan. Sel oqimi 15-son maktab va 9-son bog`cha binolarning 1-qavatiga ham kirgan. 1,5 km ichki yo`llarga sel suvlari toshishi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinchalik to`xtagan.

«Egizbuloq» MFYda joylashgan 25 ta xo`jalikda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinchalik yashash uchun yaqin qarindoshlarining uylariga ko`chirib o`tkazilgan va ular zaruriy mahsulotlar zaxirasi bilan ta`minlangan.

Qutqaruvchilar tomonidan 6 nafar fuqaro sel oqimlari ichidan qutqarilgani aytilmoqda.

Forishda bunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

So`nggi ma`lumotlarga qaraganda Jizzaxda kuzatilgan sel oqibatida vafot etganlar soni 5 nafarga etdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.04.2022 18:25
профилактика қилинса бўлар эди. вофот этганоар жойлари жанатда бўлсин
22.04.2022 02:53
Ўзбекистон Президенти ёки Бош вазир бу табиий офат юз берган жойга зудлик билан етиб келиши, офатдан юзага келган талофатларни бартараф қилиш бўйича Республика штабини тузишлари адолатдан бўларди! Жиззахликларга хамдардлик билдирамиз, худо уларга мададкор бўлсин!