O`zbekistonning aksar aholisi birgina avtomobil sotib olish uchun yillab mehnat qilayotgan bir vaqtda ayrim amaldorlar va ularga yaqin bo`lganlar xorijda pul yashirgan dunyoning yirik puldorlari ro`yxatini to`ldirib kelmoqda.
Pandora hujjatlarida offshor hududlarda pul yashirgan dunyoga mashhur amaldorlar va prezidentlar, ularning yaqinlari, shubhali tranzaksiyalar qilgan yirik tadbirkorlar nomlari ochiqlangan. Mazkur hujjatlarni o`rganishda 117ta davlatdan 600 nafarga yaqin jurnalistlar qatnashgan. Pul yashirgan amaldorlar orasida Qozog`istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev, Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliev, Rossiya Federasiyasi prezidenti V.V. Putinning yaqin qarindosh va do`stlari nomlari ham keltirilgan. Umumiy hisobda yuzdan ortiq milliarderlar, 30 dan ortiq dunyo liderlari, 400 dan ortiq davlat amaldorlarining ism shariflari keltirilgan. Bu hujjatlarda o`zbekistonliklar ham yo`q emas. Ijtimoiy tarmoqlarda muuhokama qilingan bo`lsada, ular O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmagan. Bu ro`yxatda ko`ringan o`zbekistonliklardan shu vaqtgacha Ra`no Ramatova, Jahongir Usmonov, Nodira Umurzoqova va Marlen Azizovlarning hukumatga aloqadorligi ochiqlandi. Shuningdek, bu ro`yxatda nomlari ko`ringan shaxslarga qarindoshchiligi bo`lgan biron bir o`zbek amaldori omma oldida hisobot bermagan.
Pandora hujjatlarida asosan offshor hududlarda biznes yuritgan amaldorlarga aloqadorligi ko`rilgan shaxslar nomi keltiriladi. O`zbekiston bo`yicha ro`yxatning ko`lami kam emasligi xalqqa tegishli bo`lgan katta miqdordagi pullar Evropa banklariga «uchib» ketganini anglatadi. Odatda offshor hududlarda xususan, Virjin orollarida firmani ro`yxatdan o`tkazish uchun Evropa davlatlarining birida hisob raqam bo`lishi va o`z davlatidagi daromad manbaini ko`rsatishi talab etiladi. Ko`pgina amaldorlar nomlarini yashirish uchun offshor hududda firma ro`yxatdan o`tkazishda o`zga odamlar nomidan foydalanadilar. Offshor hududda firma ochish bilan tadbirkor soliqlarni yashira oladi. Ko`pincha mo``tadil iqtisodga ega bo`lmagan davlatlardagi tadbirkorlar ham pullarini offshor hududlarda saqlashni afzal biladilar. Biroq, Pandora hujjatlarida ko`ringan nomlar asosan davlat amaldorlariga yaqin kishilar hisoblanadi va uning ortida korrupsion jinoyat yashiringani anglashiladi.
Pandora qog`ozlarida O`zbekiston bilan bog`liq quyidagi ism familiyalar ro`yxati keltiriladi.
Ra`no Ramatova
Artur Shadibaev
Zulfiya Gabdurafikova
Marlen Azizov
Jahongir Usmonov
Mirzayusuf Musaxonov
Nataliya Filicheva
Marlen Azizov
Nodira Umurzakova
Artur Shadibaev
Marlen Azizov
Navruz Mullabaev
Olesya Litvinenko
Kenjegul Uzakbaeva
Mixail Korner
Dliaver Poliak
Jamshid Gaybullaev
Mixail Arusmatov
Alijan Ibragimov
Fattox Shodiev
Alijan Ibragimov
Abdumalik Miraxmedov
Lola Iskalieva
Elena Sureeva
Rovshan Muslimov
Ro`yxatdagilarning deyarli yarmi omma uchun notanish.
Ijtimoiy tarmoqlarda ular orasida bosh vazir o`rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning rafiqasi Nodira Umurzoqova va qaynotasi Marlen Azizov ham borligi muhokamalarni yuzaga chiqardi.
2020 yil 23 yanvar holatiga ko`ra uy bekasi hisoblangan Nodira Marlenovna Umurzakova (1974 y.t.) Britaniyaning Virjiniya orollarida 2014 yil yanvarida ro`yxatdan o`tgan Aslett Investments Limited kompaniyasining benefisiar egasi sifatida ko`rsatilgan.
Aslett Investments Limited kompaniyasining yana bir benefisiar egasi sifatida esa Nodiraning otasi, bosh vazir o`rinbosarining qaynotasi Marlen Azizov (1938 y.t.) ko`rsatilgan.
Sobiq Chinoz uy-joy qurilish kombinati bosh direktori Marlen Azizov 2012 yildan 2016 yilga qadar Britaniyaning Virjiniya orollarida tashkil etilgan Zarubezhvodstroy Limited, Alastor International Limited, Coribridge International Limited, Cannonford International Limited va Hartswood Estates Limited kompaniyalarining ham benefisiari hisoblanadi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi gazeta.uzga bu bo`yicha ma`lumot taqdim etgan va unda Azizov 1990 yillarning boshidan buyon biznes bilan shug`ullangani, Umurzoqova esa hech qachon xorijda hech qanday aktiv yoki mulkka egalik qilmagani yoki benefisiar bo`lmagani aytilgan.
Eslatib o`tamiz, Pandora qutisidan avval 2016 yilda Panama hujjatlari ham ochiqlangan edi. Unda Rustam nomi orqali Gulnora Karimovaning korrupsion ishlari fosh bo`lgan. Shuningdek, 2016 yilgi hujjatda O`zbekiston iqtisodiyoti va uning istiqboli bo`yicha ijobiy fikrlar berib keluvchi Zafar Xoshimov nomi ham keltirilgan. O`zbekiston iqtisodidagi engilliklarni, islohotlarni ijobiy baholovchi tadbirkor aslida offshor hududlarda qator firmalarni tashkil etgani ma`lum bo`ladi.
Rost24 sayti Pandora va Panama hujjatlarida ochiqlangan ism familiyalar ortidan «ov qilish»da davom etadi bizni kuzatib boring.