TAHLIL: O`zbekistonda har ming kishiga 80 ta avtomobil to`g`ri keladi. Bu ko`pmi yoki kam?

19.10.2021 11:35

Oxirgi 10 yilda respublikamizda avtomobillar soni qariyb 3 millionga etgan.

2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami engil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etib, har 1000 nafar aholiga o`rtacha 80 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomobillar soni:

100 ta uy xo`jaligiga nechta engil avtomobil to`g`ri keladi?

Davlat statistika qo`mitasi uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlari ma`lumotiga asosan, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo`jaligiga o`rtacha 50 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.

Ma`lumot uchun:

2010 yilda - 21 ta, 2015 yilda - 42 ta, 2021 yilda – 50 ta engil avtomobil to`g`ri kelgan.

O`zbekistonda aholiga tegishli bo`lgan avtotransport vositalari soni qancha?

2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,5 foizga ko`p.

Mavzuga oid:

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 36 317 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan avtomobillar soni bo`yicha mamlakatlar reytingida San-Marino etakchi, Xitoy esa avtomobil ishlab chiqarishda dunyoda birinchi

San -Marino shtati Monte Titano tog`ida joylashgan. Uning maydoni 62 kv. kilometr Chikago maydonidan o`n barobar kamroq. Unda 33 ming kishi transport vositalariga ishtiyoq bilan yashaydi. Har 1000 nafar aholisiga 1263 ta avtomobil to`g`ri keladi. Avtomobillar sonining aholi sonidan oshib ketishini yana qanday izohlash mumkin?

2021 yilning oktyabr oyigacha engil avtomobillar ishlab chiqarish bo`yicha Xitoy (16 158 178 avtomobil), AQSh (6 183 778), Yaponiya (5 419 992) va Hindiston (2 826 191) davlatlari etakchi bo`lganBarcha mamlakatlarda ushbu davrda umumiy hisobda 52,1 millionta avtomobil ishlab chiqarilgan. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.10.2021 17:09
Amerikacha statistika: agar qo'shningiz 2 kg go'sht yegan bo'lsayu, siz hech qancha yemasangiz xafa bo'lmang ~ siz qo'shningiz bilan o'rtacha 1 kgdan go'sht yegan hisoblanasiz