O`zbekistonning AQShdagi fuqarolari prezidentlik saylovlariga qanchalik qiziqadi?

30.09.2021 12:49

O`zbekistonning AQShdagi fuqarolari ham bo`lajak Prezident saylovlariga qiziqish bildirmoqdami? AQShda qancha vatandoshlarimiz saylovda ishtirok etadi?

O`zbekistonning AQSh, Vashington okrugidagi elchixonasida tez orada muddatdan avvalgi ovoz berish jarayonlari boshlanadi.

Ayni damlarda, elchixonada saylov jarayonlariga tayyorgarlik avjida. Rost24.uz axborot sayti muxbiri O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi konsuli Faxriddin Mo`minov bilan saylovga tayyorgarlik ishlari haqida suhbatlashdi.

Konsul Faxriddin Mo`minov AQShdagi yurtdoshlarimizning saylov bo`yicha faolliklar, vatanparvarlik xissi oshganini aytmoqda. Ular orasida saylovda kuzatuvchi bo`lishga qiziqish bildirayotganlar, xizmat va yordam taklif qilayotgan hamyutlarimiz ham bor. Odatda elchixonadagi saylov jarayonlari bayram sifatida o`tadi. Xorijdagi fuqarolarimizdan saylovda qatnashish uchun avval ro`yxatdan o`tish so`ralmoqda.  

Eslatma: O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi konsuli Faxriddin Mo`minov bilan O`zbekistonga viza ololmagan sobiq O`zbekistonliklar haqida suhbat e`lon qilinadi. Bizni kuzatib boring.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар