IJTIMOIY EKSPERIMENT: Rost24.uz saytining poytaxtlik muxbiri uzoq qishloqqa tappi qilishga chiqdi

24.09.2021 18:25

Tongda uyg`onib beixtiyor qo`lingizga telefoningizga olasiz, balki qahva icharsiz, ammo bugun biz tanishgan ayollar tongni tappi qilish bilan boshlaydi.

Shahar sharoitida yashayotgan va qishloqda bo`lmaganlar uchun tappi oddiy chorva mol o`g`iti xolos. Biroq, qishloq ahli uchun esa u gazning o`rnini bosuvchi manba. Bugun, aksariyat shahardan uzoqdagi yashovchi aholiga islohotlarni va`da beruvchilardan ko`ra, ana shu tappi beruvchi chorva mollarining foydasi ko`proq tegmoqda.

Jizzax viloyatining, Baxmal tumani, Yangiobod qishlog`i aholisi suv, gazsiz yashab keladi. Ular sharoitsizlikda ham sharoit yaratishni eplagan. Aholi, eshakda, amallaganlar chelakda suv tashiydi, gaz o`rniga tappi va o`tin ishlatadi. Er ostidan suv chiqarish imkonsiz. Qishloqqa chamasi 10 yillar avval aholi ko`chib kela boshlagan, ammo shu vaqtgacha “Yangiobod” deb nom berilgan qishloqqa infratuzilma etib kelmagan.

Tappi qilish faqat Jizzax viloyati qishloqlariga xos emas. Bu kichik tappi sanoati deyarli barcha viloyatlarda bor.

Qishloq bolalari uchun tezak terish jarayoni oddiy holat. Shaharda bolalar qo`li gadjetlardan ortmaydi. Qishloqda bu qo`lchalar chaqqonlik bilan tezak terishga odatlangan.

Quyidagi reportajda oddiy qishloq ayolining har tong vaqtini o`g`rilaydigan tappi qilish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.09.2021 06:45
Hojiboy Tojiboyevga o'xshatma: Ichkarida kim bor? Traktorchilar? Chiqar hammasini, podachi-cho'ponlarni kirgizinglar. (Jizzax viloyat G'allaorol tuman Qo'ytosh shaharchasida bo'lgan voqea)
25.09.2021 07:30
Jizzaxda Qo'ytosh shaharchasida gaz 2008-yil 10 yilga uzilgan edi, hali 10 yillik muddat o'tmadi shakl-li.