Matbuot kotiblari berkitishga uringan “sir” ikki kun o`tib fosh bo`ldi

28.07.2021 19:35

Korrupsiyada ayblanib, rasmiy qidiruvga berilgan tuman sudi raisi aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda pora olayotgan advokat qo`lga olindi, deyiladi Antikorrupsiya agentligining rasmiy saytida.

Advokat “N.P” fuqarodan Do`stlik tuman sudidagi tanishlari orqali engil jazo turini qo`llashni va`da qilib, 11.200 AQSh dollari olgan.

Olib borilgan surishtiruvlar davomida advokat olgan summaning 1.200 AQSh dollarini sud va tibbiy ekspertiza viloyat bo`linmasi xodimiga, 10.000 AQSh dollarini esa tuman sudidagi tanishlariga berishni rejalashtirganligi aniqlangan.

Hozirda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan advokat va uning jinoiy sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Rost24.uz sayti ikki kun oldin "Korrupsiyada ayblangani aytilayotgan sud raisi yo`qolib qoldi. Rasmiy qidiruvga berildimi?" nomli maqola e`lon qilgan edi.

Unda Jizzax viloyatidagi tuman sudlaridan birining sobiq raisi qidiruvga berilgani aytilgan. Bu ma`lumotni aniqlashtirish uchun Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov va Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovdan izoh so`ralgan.

Tursunali Akbarov “Siz aytayotgan tuman sudining sobiq raisi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklari uchun bir necha oy avval vazifasidan ozod etilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan-qo`zg`atilmagani haqida ma`lumotga ega emasman”, deya javob qaytargan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov esa Rost24.uz ning bir necha bor yuborgan so`rovini javobsiz qoldirgan.

Taajjubli tomoni shuki, koorusiyada ayblanib qidiruvga berilgan sud raisi haqidagi ma`lumotni matbuot kotiblari bor-yo`g`i ikki kun “berkita olishdi”, xolos. Ular oshkor qilishni (? )istamagan ma`lumot esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rasmiy saytida oshkora e`lon qilindi.

Darvoqe, agentlik tarqatgan xabarda nomi mavhum tuman sudiga aniqlik kiritilgan: Do`stlik tumani! Garchi xabarda sud raisi haqida hech narsa deyilmagan bo`lsa-da, gap u haqda ketayotganini bilish qiyin emas.

Joriy yilning 31 may kuni AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi T. Akbarov bu yil tizimda birorta korrusion holat aniqlanmagani haqida bayonot bergandi. Jizzaxdagi voqea esa buning aksini ko`rsatmoqda...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
31.07.2021 21:09
Шунга ўхшаш холат тўғрисида Сизнинг ботингизга жўнатган ман. Лекин, маъмур томонидан хеч қанақа жавоб йўқ. Ёки бўлмаса, Сизларни фақат оламшумул даражадаги ОЧИҚЛАНИБ БЎЛГАН фактлар қизиқтирадими? Журналист суриштируви каби амалиёт сизларда хам борми? Агар бўлса, унда нимага жимсиз?
29.07.2021 07:36
💣💥👏👏👏👏